ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًا كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَا ۚ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًا كَانُوا۟ هُمُ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo`ldilar. Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, o`shalar ziyon ko`ruvchilar bo`ldilar.Шуъайбни ёлғончига чиқарганлар, худди у ерда яшамагандек бўлдилар. Шуъайбни ёлғончига чиқарганлар, ўшалар зиён кўрувчилар бўлдилар.Alauddin Mansour: Shuaybni yolgʻonchi qilgan kimsalar goʻyo u yerda yashamagandek boʻlib qoldilar. Shuaybni yolgʻonchi qilgan kimsalarning oʻzlari ziyon koʻrguvchi boʻldilar.Шуайбни ёлғончи қилган кимсалар гўё у ерда яшамагандек бўлиб қолдилар. Шуайбни ёлғончи қилган кимсаларнинг ўзлари зиён кўргувчи бўлдилар.
Yaʼni, mazkur shiddatli zilziladan keyin Shuayb alayhissalomga muxolif boʻlgan kofirlar halok boʻlib, batamom gumdon boʻlib ketdilar. Ular goʻyo hech qachon oʻz diyorlarida yashamagandek, davru davron surib, ayshu ishrat qilmagandek holga keldilar. Ulardan nom-nishon ham, asar ham qolmadi.
«Shuaybni yolgʻonchiga chiqarganlar, oʻshalar ziyon koʻruvchilar boʻldilar».
Ixtilof bu holga yetganidan soʻng Shuayb alayhissalom: