QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят93

فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَـٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ ۖ فَكَيْفَ ءَاسَىٰ عَلَىٰ قَوْمٍ كَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Keyin ulardan yuz o`girdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qayg`uray», – dedi.Кейин улардан юз ўгирди ва «Эй қавмим, батаҳқиқ, сизга Роббимнинг юборганларини етказган эдим ҳамда сизга насиҳат қилган эдим. Қандай қилиб кофир қавмларга қайғурай», – деди.Alauddin Mansour: Keyin (Shuayb) ulardan yuz oʻgirib, (oʻzicha) dedi: «Ey qavmim, mana, men Parvardigorimning dinini sizlarga yetkazdim va nasihatlar qildim. Endi shuncha vaʼz-nasihatlardan keyin ham kofir (boʻlgan) qavmga qanday qaygʻururman?»Кейин (Шуайб) улардан юз ўгириб, (ўзича) деди: «Эй қавмим, мана, мен Парвардигоримнинг динини сизларга етказдим ва насиҳатлар қилдим. Энди шунча ваъз-насиҳатлардан кейин ҳам кофир (бўлган) қавмга қандай қайғурурман?»

162-sahifa · 9-juz · 17-hizb162-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَتَوَلَّىٰbas, yuz oʻgirdiбас, юз ўгирдиعَنْهُمْulardanуларданوَقَالَva dediва дедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқأَبْلَغْتُكُمْsizga yetkazgan edimсизга етказган эдимرِسَـٰلَـٰتِyuborganlariniюборганлариниرَبِّىRobbimningРоббимнингوَنَصَحْتُva nasihat qilgan edimва насиҳат қилган эдимلَكُمْ ۖsizgaсизгаفَكَيْفَbas, qanday qilibбас, қандай қилибءَاسَىٰqaygʻurayқайғурайعَلَىٰ-ga-гаقَوْمٍۢqavmlargaқавмларгаكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Yaʼni, toʻgʻri yoʻlga–hidoyatga yurishga koʻnmagan sarkash qavmdan yuz oʻgirdilar va nihoyat, ular Allohning azobiga giriftor boʻlganlaridan soʻng, ularga bu halokatning asl sababini eslatib:

«Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim»,–dedilar.

Yaʼni, oʻsha ilohiy koʻrsatmalarga amal qilib yashaganingizda, bunday dahshatli holga tushmas edingiz.

«hamda sizga nasihat qilgan edim».

Yaʼni, kofir va osiy boʻlib emas, iymonda sobit turib, Alloh shariatiga amal qilgan holda yashashingiz xayrli boʻlishini yetkazdim va koʻplab pand-nasihatlar qildim. Ammo, nasihatlarga quloq osmadingiz. Oqibatda, amalingizga yarasha barchangiz halok boʻldingiz. Oʻzingizga oʻzingiz qildingiz. Sizning bu ahvolingizga qaygʻurib boʻlmaydi:

«Qanday qilib kofir qavmlarga qaygʻuray», – dedi».

Shu yerda, oʻtgan ummatlarning qissalari tugab, keyingi oyatlarda mazkur Nuh, Hud, Solih, Lut va Shuayb qavmlari qissalariga xotima yasaladi. Alloh dinini inkor qilgan, Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlarga odatda qanday munosabatda boʻlish bayon qilinadi: