QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят94

وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّبِىٍّ إِلَّآ أَخَذْنَآ أَهْلَهَا بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَضَّرَّعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.Қайси бир қишлоққа Пайғамбар юборсак, албатта, унинг аҳлини тазарруъ қилишлари учун зарарлар ва мусийбатлар ила тутганмиз.Alauddin Mansour: Biz biron qishloqqa (joyga) paygʻambar yuborsak (va u yerdagi odamlar biz yuborgan paygʻambarga iymon keltirishmasa) albatta uning ahlini tavba-tazarru qilishlari uchun qashshoqlik va musibatlar bilan ushlaganmiz.Биз бирон қишлоққа (жойга) пайғамбар юборсак (ва у ердаги одамлар биз юборган пайғамбарга иймон келтиришмаса) албатта унинг аҳлини тавба-тазарру қилишлари учун қашшоқлик ва мусибатлар билан ушлаганмиз.

162-sahifa · 9-juz · 17-hizb162-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva emasва эмасأَرْسَلْنَاyuborganmizюборганмизفِى-ga-гаقَرْيَةٍۢqaysi bir qishloqqaқайси бир қишлоққаمِّنhechҳечنَّبِىٍّPaygʻambarПайғамбарإِلَّآmagarмагарأَخَذْنَآtutganmizтутганмизأَهْلَهَاuning ahliniунинг аҳлиниبِٱلْبَأْسَآءِzararlar ilaзарарлар илаوَٱلضَّرَّآءِva musibatlar ilaва мусибатлар илаلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَضَّرَّعُونَtazarruʼ qilsalarтазарруъ қилсалар
TafsirТафсир

Albatta, Alloh taolo Paygʻambarning ketidan doim besabab musiybat yuboravermaydi. Bandalarni bekordan-bekorga zararlar va musiybatlarga giriftor qilavermaydi. Avvalo, bandalarning oʻzlaridan oʻtadi. Ular Alloh yuborgan Paygʻambarga, zikr etilgan qissalardagi kabi, qarshi chiqadilar. Allohga kufr keltiradilar, odamlarni iymon yoʻlidan toʻsadilar, isyon qiladilar. Shundan soʻnggina Alloh ularga balo-ofatlarini yuboradi.

Oyati karimadan anglash lozim boʻlgan mantiqlardan biri–Allohning Paygʻambar yubormasdan burun azob yubormasligi. Yaʼni, avval, Alloh Oʻz elchisi orqali toʻgʻri yoʻlga daʼvat qiladi, vaʼznasihatlar qilib koʻradi, nihoyat, bosh tortganlarni azobga duchor etadi. Ikkinchidan, bandalarga qashshoqlik va musiybatlarni yuborishdan maqsad ularni tavba-tazarru qilishga chorlashdir. Inson farogʻatda yashasa, kam-koʻstsiz boʻlsa, juda koʻp narsalarni, hatto yaratgan Xoliqini ham esdan chiqarib qoʻyadi. Boshiga musiybat yetib, oʻzining ojiz bir qulligini anglab qolsa, oʻziga kelishi muqarrar. Shuning uchun ham, Alloh taolo oʻzidan ketgan, kufr va isyon ahliga turli musiybatlar yuboradi. Allohning bundan maqsadi oʻziga biror-bir foyda koʻzlash yoki odamlarni azoblab maza qilish emas. Alloh behojat va pokdir. Parvardigorning muddaosi–insonlarning manfaati, vaqtida tavba-tazarru qilib oʻzlarini oʻnglab olishga imkoniyat berishdir.