QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят95

ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ ٱلسَّيِّئَةِ ٱلْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوا۟ وَّقَالُوا۟ قَدْ مَسَّ ءَابَآءَنَا ٱلضَّرَّآءُ وَٱلسَّرَّآءُ فَأَخَذْنَـٰهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz.Сўнгра ёмонликни яхшиликка алмаштирганмиз. Токи, кўпайишиб ва «Ота-боболаримизга ҳам қийинчилик ва хурсандчилик етган эди», деганларида, уларни ўзларига сездирмай, тўсатдан тутганмиз.Alauddin Mansour: Soʻngra oʻsha yomonlik oʻrniga yaxshilikni (boy-badavlatlik va xotirjamlikni) almashtirib qoʻydik. Hatto koʻpayishib ketganlarida va: «Bunday qiyinchilik va kengchiliklar ota-bobolarimizga ham yetgay (yaʼni, bizning dinsizligimizning bu ishlarga hech qanday aloqasi yoʻq, balki dunyoning tartibi oʻzi shunaqa — bir tanglik kelsa, bir moʻl-koʻlchilik boʻladi)», deyishgach, ularni oʻzlari sezmagan hollarida toʻsatdan (biron balo-halokat bilan) ushladik.Сўнгра ўша ёмонлик ўрнига яхшиликни (бой-бадавлатлик ва хотиржамликни) алмаштириб қўйдик. Ҳатто кўпайишиб кетганларида ва: «Бундай қийинчилик ва кенгчиликлар ота-боболаримизга ҳам етгай (яъни, бизнинг динсизлигимизнинг бу ишларга ҳеч қандай алоқаси йўқ, балки дунёнинг тартиби ўзи шунақа — бир танглик келса, бир мўл-кўлчилик бўлади)», дейишгач, уларни ўзлари сезмаган ҳолларида тўсатдан (бирон бало-ҳалокат билан) ушладик.

162-sahifa · 9-juz · 17-hizb162-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграبَدَّلْنَاalmashtirganmizалмаштирганмизمَكَانَoʻrnigaўрнигаٱلسَّيِّئَةِyomonlikёмонликٱلْحَسَنَةَyaxshilikniяхшиликниحَتَّىٰtokiтокиعَفَوا۟koʻpayishibкўпайишибوَّقَالُوا۟va deganlaridaва деганларидаقَدْbatahqiqбатаҳқиқمَسَّyetgan ediетган эдиءَابَآءَنَاota-bobolarimizgaота-боболаримизгаٱلضَّرَّآءُqiyinchilikқийинчиликوَٱلسَّرَّآءُva xursandchilikва хурсандчиликفَأَخَذْنَـٰهُمbas, ularni tutganmizбас, уларни тутганмизبَغْتَةًۭtoʻsatdanтўсатданوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيَشْعُرُونَsezadilarсезадилар
TafsirТафсир

Vaqt-soati kelib Alloh taolo mazkur yomon holatlarni yaxshilik holatlarga almashtirib qoʻyadi. Ochlik-qashshoqlik oʻrniga toʻqlik farovonlik, musiybatlar oʻrniga shodlik-xurramlik keladi. Odamlar bu yaxshi hollarda yanada koʻpayishadi. Ularning adadlari, molmulklari, orzu-havaslari, nozu neʼmatlari ziyoda boʻladi. Ammo, bu ziyodalik ham ular uchun sinov ekanligini anglab yetmaydilar. Alloh ularni, shukr qilarmikin deb, koʻpaytirib qoʻyganini, yaxshi holatlarga solganini bilmaydilar.

Ular:

«...ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», «Oyning oʻn beshi qorongʻu boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ boʻladi», deb yallo qilib yuraveradilar.

Ular, qiyinchilikdan keyin osonchilik kelishi odatdagi narsa, ota-bobolarimiz zamonida ham shunday boʻlgan, bizning davrimizda ham shunday boʻlmoqda, bundan keyin ham shunday boʻladi, vaqti kelganda qiyinchilikni tortdik, endi xursandchilik kelgan ekan, bir yotib maza qilib olaylik, deyishadi.

Ushbu mavhum aqiyda toʻriga ilinib, oʻzlarini dunyo matohiga urishadi. Farovon turmushda bardavomlik ularni xotirjam qilib qoʻyadi, har qanday gunohni tap tortmay qilaverishadi. Toʻqlikka shoʻxlik boshlanadi.

Gʻaflat nigohlarni moylaydi. Ana shunda, Alloh taolo ularni oʻzlariga sezdirmasdan, tuyqusdan tutadi va azob-uqubatlarga giriftor qiladi.