QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-A'raf surasi · Oyatсураси · Оят96

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَـٰتٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ وَلَـٰكِن كَذَّبُوا۟ فَأَخَذْنَـٰهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.Агар қишлоқлар аҳллари иймон келтирганларида ва тақво қилганларида эди, Биз, албатта, уларга осмону ердан баракотларни очиб қўяр эдик. Лекин улар ёлғонга чиқардилар, бас, уларни қилган касблари туфайли тутдик.Alauddin Mansour: Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor boʻlganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu Yerdan barakot (darvozalarini) ochib qoʻygan boʻlur edik. Lekin ular (paygʻambarlarimizni) yolgʻonchi qildilar, bas, ularni oʻzlari qilgan gunohlari sababli ushladik.Агар у қишлоқларнинг (жойнинг) аҳли иймон келтириб, тақводор бўлганларида эди, албатта Биз уларга осмону Ердан баракот (дарвозаларини) очиб қўйган бўлур эдик. Лекин улар (пайғамбарларимизни) ёлғончи қилдилар, бас, уларни ўзлари қилган гуноҳлари сабабли ушладик.

163-sahifa · 9-juz · 17-hizb163-саҳифа · 9-жуз · 17-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарأَنَّ(ki)(ки)أَهْلَahllariаҳллариٱلْقُرَىٰٓqishloqlarқишлоқларءَامَنُوا۟iymon keltirganlaridaиймон келтирганларидаوَٱتَّقَوْا۟va taqvo qilganlaridaва тақво қилганларидаلَفَتَحْنَاalbatta, ochib qoʻyar edikалбатта, очиб қўяр эдикعَلَيْهِمulargaуларгаبَرَكَـٰتٍۢbarakotlarniбаракотларниمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонوَٱلْأَرْضِva yerва ерوَلَـٰكِنlekinлекинكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqardilarёлғонга чиқардиларفَأَخَذْنَـٰهُمbas, ularni tutdikбас, уларни тутдикبِمَاnarsa tufayliнарса туфайлиكَانُوا۟edilarэдиларيَكْسِبُونَkasb qilarкасб қилар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni insoniyat tushuna olmayotgani gʻoyatda ajablanarli hol. Insonlarga osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, yaʼni, inson iymonli va taqvoli boʻlishi lozim ekan. Ana oʻshanda, unga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qoʻyiladi. Chunki, iymon insonni barakotli hayot yoʻliga boshlaydi. Chunki, taqvo insonni farovon hayot yoʻliga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlganidek, barakot ham ularga bogʻliqdir.

«Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qoʻyar edik».

Bu haqiqatga kattayu kichik har bir sohada guvoh boʻlishi mumkin. Insonlar haqiqiy iymon va taqvo sohibi boʻlgan chogʻlarida ularga barakotlar osmonlar va yerdan ochib qoʻyilganiga tarix shohid. Shu oʻrinda, barakot deganda faqat oziq-ovqat, kiyim-kechak va moddiy farovonlikkina koʻzda tutilmasligini ham eslatib qoʻyishimiz lozim. Albatta, bu narsalar ham barakot tizimiga kiradi. Lekin moddaparastlar oʻylaganlaridek, barakot faqat shulardagina emas. Xuddi shu moddiy hodisalar haqida gapirsak ham, iymon va taqvo barakot asosi ekanini isbotlash oson. Iymonli va taqvodor shaxsni hamda iymonsiz betavfiq kimsani koʻz oldingizga keltiring. Baʼzi hollarda, daromadi oʻta chegaralangan boʻlishiga qaramay, iymonli va taqvodor shaxsning yegani oʻziga osh boʻlib, bola-chaqasi bilan farovon turmush kechirayotganiga guvoh boʻlamiz. Iymonsiz va betavfiq kishi esa, daromadi hisobsiz boʻlsa ham, yetkaza olmay, oʻzini turli harom-xarish yoʻllarga urib yurganini kim koʻrmagan!

Xuddi shu oʻrinda ayrimlarda, iymon va taqvo barakotning asosi boʻlsa, nega voqelikda musulmonlarni qashshoqlik va nochorlikda, kofirlarni esa, farovonlik va ayshu ishratda koʻryapmiz, degan savol paydo boʻlishi turgan gap.

Avvalo, musulmonlar haqiqiy iymon va chinakam qurʼoniy taqvo talablariga toʻla javob bera olmayotirlar. Agar ayrim shaxslarda iymon va taqvo shartlari mujassam boʻlsa ham, iymon va taqvo talablariga jamoat shaklida javob berish imkoni yoʻq. Musulmonlar Alloh tomonidan kelgan haq dinga, Qurʼonga, shariatga sohib boʻla turib, iymon va Islom hamda taqvodan shunchalar uzoqlashib ketganlarki, ular qilgan va qilayotgan ishlari oldida bugungi koʻrayotgan jafolari ham oz.

Ikkinchidan, kofirlarning farovon holati faqat bir taraflama, xolos. Hozirgi davr, avvalgi oyatda zikr qilinganidek, Alloh ularga yomonlik holatini yaxshilik holatiga almashtirib qoʻygan davr. Qolaversa, kofirlar farovon turmush uchun omil qilib qoʻyilgan moddiy sabablarni vujudga keltirganlar. Ularning iymon va taqvolari boʻlmasa ham, ushbu moddiy farovonlik sohasida iymonli va taqvodor shaxslardan talab qilinadigan ilm, jahd, tirishqoqlik, qattiq mehnat va izlanish kabi xislatlarni kasb qilib olganlar. Qani endi, bu farovonlik egalari iymon keltirib, taqvo qilsalar edi, mukammal barakot ichida yashar edilar. Ammo, afsuski, bunday qilmadilar:

«Lekin ular yolgʻonga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik».

Allohning «tutishi» oʻziga xos boʻlib, turlicha va turli vaqtlarda sodir etiladi.