يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ ٱلْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِى مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍۭ بِبَنِيهِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni ko`rib turadirlar. Gunohkor o`sha kun azobidan qutulish uchun o`z bolalarini ham.Уларни кўриб турадирлар. Гуноҳкор ўша кун азобидан қутулиш учун ўз болаларини ҳам.Alauddin Mansour: (Holbuki) ular (bir-birlariga) koʻrsatilurlar! Jinoyatchi-kofir kimsa u Kunning azobidan (qutulish uchun) oʻgʻillarini toʻlov qilib berib yuborishni,(Ҳолбуки) улар (бир-бирларига) кўрсатилурлар! Жиноятчи-кофир кимса у Куннинг азобидан (қутулиш учун) ўғилларини тўлов қилиб бериб юборишни,
Mazkur oyatlardan koʻrinib turibdiki, qiyomatning dahshatidan kishi qoʻrqinchda oʻzini yoʻqotib qoʻyadi.
Bu dunyoda insonlar boshiga ogʻir ish tushganda, doʻst-birodari hol soʻrab, bir-biriga yordamga keladi. Lekin u dunyoda doʻst ham, koʻrib-bilib turib, hol soʻramas ekan.
Ana shunday ogʻir holatdan qutulish uchun insonlar qiyomatda turli chora axtarishadi.
Garchand bu dunyoda pul sarflab, tanish-bilishni oʻrtaga qoʻyib, eng ogʻir mushkullarini hal qilib, magʻrur yursa-da, qiyomatning ogʻirligidan oʻz farzandi, xotini, aka-ukasini, qabilasini va qarindosh-urugʻini fido qilib boʻlsa ham, oʻzi qutulib qolishga harakat qilarkan. Lekin bunga erisha olmaydi, doʻzaxdan joy oladi. Chunki, u kunda bandasining emas, Alloh taoloning xohishi amalga oshadi. Alloh taoloning hukmida boʻlgan doʻzax qandoqligini esa, quyidagi oyatlar tasvirlaydi: