QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят13

وَفَصِيلَتِهِ ٱلَّتِى تُـْٔوِيهِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uni o`ziga olgan qabilasini ham.Ва уни ўзига олган қабиласини ҳам.Alauddin Mansour: uni oʻz panohiga oladigan qarindosh-urugʻini ham,уни ўз паноҳига оладиган қариндош-уруғини ҳам,

569-sahifa · 29-juz · 57-hizb569-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفَصِيلَتِهِva qabilasiniва қабиласиниٱلَّتِىu (qabila)kiу (қабила)киتُـْٔوِيهِuni oʻziga olganуни ўзига олган
TafsirТафсир

Mazkur oyatlardan koʻrinib turibdiki, qiyomatning dahshatidan kishi qoʻrqinchda oʻzini yoʻqotib qoʻyadi.

Bu dunyoda insonlar boshiga ogʻir ish tushganda, doʻst-birodari hol soʻrab, bir-biriga yordamga keladi. Lekin u dunyoda doʻst ham, koʻrib-bilib turib, hol soʻramas ekan.

Ana shunday ogʻir holatdan qutulish uchun insonlar qiyomatda turli chora axtarishadi.

Garchand bu dunyoda pul sarflab, tanish-bilishni oʻrtaga qoʻyib, eng ogʻir mushkullarini hal qilib, magʻrur yursa-da, qiyomatning ogʻirligidan oʻz farzandi, xotini, aka-ukasini, qabilasini va qarindosh-urugʻini fido qilib boʻlsa ham, oʻzi qutulib qolishga harakat qilarkan. Lekin bunga erisha olmaydi, doʻzaxdan joy oladi. Chunki, u kunda bandasining emas, Alloh taoloning xohishi amalga oshadi. Alloh taoloning hukmida boʻlgan doʻzax qandoqligini esa, quyidagi oyatlar tasvirlaydi: