وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنجِيهِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni xohlaydir. So`ngra o`zi najot topsa.Ва ер юзидаги жамийки кимсаларни ҳам фидо қилишни хоҳлайдир. Сўнгра ўзи нажот топса.Alauddin Mansour: va Yerdagi barcha kishilarini ham (toʻlov qilib berib yuborishni), soʻngra (bu toʻlov) unga najot berishini istar.ва Ердаги барча кишиларини ҳам (тўлов қилиб бериб юборишни), сўнгра (бу тўлов) унга нажот беришини истар.
Mazkur oyatlardan koʻrinib turibdiki, qiyomatning dahshatidan kishi qoʻrqinchda oʻzini yoʻqotib qoʻyadi.
Bu dunyoda insonlar boshiga ogʻir ish tushganda, doʻst-birodari hol soʻrab, bir-biriga yordamga keladi. Lekin u dunyoda doʻst ham, koʻrib-bilib turib, hol soʻramas ekan.
Ana shunday ogʻir holatdan qutulish uchun insonlar qiyomatda turli chora axtarishadi.
Garchand bu dunyoda pul sarflab, tanish-bilishni oʻrtaga qoʻyib, eng ogʻir mushkullarini hal qilib, magʻrur yursa-da, qiyomatning ogʻirligidan oʻz farzandi, xotini, aka-ukasini, qabilasini va qarindosh-urugʻini fido qilib boʻlsa ham, oʻzi qutulib qolishga harakat qilarkan. Lekin bunga erisha olmaydi, doʻzaxdan joy oladi. Chunki, u kunda bandasining emas, Alloh taoloning xohishi amalga oshadi. Alloh taoloning hukmida boʻlgan doʻzax qandoqligini esa, quyidagi oyatlar tasvirlaydi: