ٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَآئِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular namozlarida doim bo`ladiganlardir.Улар намозларида доим бўладиганлардир.Alauddin Mansour: Ular namozlarida doim — barqaror boʻlguvchi zotlardir.Улар намозларида доим — барқарор бўлгувчи зотлардир.
Yaʼni, namoz oʻquvchilargina «haluʼ» boʻlmaydilar. Yomonlik yetganda sabrsizlik qilmaydilar. Yaxshilik yetganda esa, baxillik qilmaydilar. Namozxonlar yomonlik yetganida sabrli boʻladilar, chunki namoz ularni shunga oʻrgatadi. Ular yaxshilik, boylik yetganida saxiy boʻladilar, haqdorlarga (faqirlarga) undan beradilar.
Maqtalayotgan kishilar besh vaqt namozlarni doim oʻz vaqtida oʻqib yuradigan kishilardur. Namozni bardavom oʻqish qalbni yumshoq qiladi, bemehrlikni ketkazadi, namozxonni beva-bechoralarga ehson qilishga undaydi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda Alloh taolo ular haqida shundoq deydi: