وَٱلَّذِينَ فِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ مَّعْلُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning molu mulklarida ma'lum haqq bordur.Уларнинг молу мулкларида маълум ҳаққ бордур.Alauddin Mansour: Ular (topgan) mol-mulklarida maʼlum haq (yaʼni, zakot) boʻlgan zotlardir.Улар (топган) мол-мулкларида маълум ҳақ (яъни, закот) бўлган зотлардир.
Moʻminlar bu haqni Alloh tayin qilganini yaxshi biladilar va haqqdorlarning nasibasini kamaytirmay beradilar.
Qurʼoni Karim oʻsha haqqni, yaʼni zakotni «soil»–bechoraligidan odamlardan soʻraydiganlarga va «faqir»–hojatmand boʻlsa ham uyalib soʻrolmay yurgan kambagʻallarga berishga undaydi.
Shu uslub bilan Alloh taolo insonlar oʻrtasida ijtimoiy adolat oʻrnatishga chaqiradi.
Zakot ixtiyoriy sadaqa emas, balki boylar uchun majburiy moliyaviy ibodatdir. Kim agar imkoni boʻla turib zakotni bermasa, kambagʻallarning haqini yegan boʻladi. Toʻplagan barcha mol- mulki haromga aylanadi. Oʻzi esa, ulkan gunohkor boʻladi. Qiyomat kunida oʻsha mol-mulklari katta bir ilon boʻlib boʻyniga oʻraladi va doimo yuzidan chaqib turadi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida oʻzlari boylardan zakotni yigʻib, kambagʻallarga tarqatishni yoʻlga qoʻyganlar. Sahobalar ham shunday qilganlar. Alloh taolo moʻminlarning vasfiyu madhini shunday davom ettiradi: