مِّنَ ٱللَّهِ ذِى ٱلْمَعَارِجِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U Allohdan — ma'orijlar egasidandir.У Аллоҳдан — маъорижлар эгасидандир.Alauddin Mansour: (U azob, osmonlarning barcha) pogʻonalari — qavatlari sohibi boʻlmish Alloh tomonidan (kofirlar ustiga tushguvchidir).(У азоб, осмонларнинг барча) поғоналари — қаватлари соҳиби бўлмиш Аллоҳ томонидан (кофирлар устига тушгувчидир).
Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar qilib yuborgandan soʻng, u zot mushriklarni Alloh taoloning azobidan qoʻrqishga chaqiradilar. Shunda mushriklar bir-birlariga: «Muhammaddan soʻranglar-chi, bu azob kimniki va kimga va qachon tushar ekan», deyishgan. Nazr ibn al-Horis ismli mushrik kelib Paygʻambar alayhissalomdan shu savolni soʻraganida, Alloh taolo ushbu oyatni nozil qiladi.
Shunga binoan, yuqoridagi uch oyatning maʼnosi quyidagicha boʻladi:
Nazr ibn al-Horis ismli soʻrovchi Paygʻambardan voqeʼ boʻluvchi azob haqida soʻradi.
U soʻragan azob kofirlarga voqeʼ boʻladi. U azobni hech bir dafʼ qiluvchi yoʻqdir.
U azob Allohdan–maʼorijlar egasidandir.
«Meʼroj» «yuqoriga chiqish joyi» maʼnosini anglatadi. Shundan kelib chiqib va keyingi oyatning maʼnosidan olib, «Maʼorij»ni Islom ulamolari «osmonlar» deb ham tafsir qilganlar.
Lekin eng yaxshi tafsirni kelasi oyatning oʻzi qiladi.