QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят4

تَعْرُجُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ وَٱلرُّوحُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil bo`lgan kunda ko`tarilur.Фаришталар ва Руҳ Унинг ҳузурига миқдори эллик минг йил бўлган кунда кўтарилур.Alauddin Mansour: Farishtalar va Ruh (yaʼni, Jabroil) miqdori-uzunligi ellik ming boʻlgan bir Kunda (yaʼni, Qiyomat Kunida) U zotning huzuriga koʻtarilurlar.Фаришталар ва Руҳ (яъни, Жаброил) миқдори-узунлиги эллик минг бўлган бир Кунда (яъни, Қиёмат Кунида) У зотнинг ҳузурига кўтарилурлар.

568-sahifa · 29-juz · 57-hizb568-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَعْرُجُkoʻtariladirкўтариладирٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарوَٱلرُّوحُva Ruhва РуҳإِلَيْهِUning huzurigaУнинг ҳузуригаفِى-da-даيَوْمٍۢkundaкундаكَانَboʻlganбўлганمِقْدَارُهُۥmiqdoriмиқдориخَمْسِينَellikэлликأَلْفَmingмингسَنَةٍۢyilйил
TafsirТафсир

Farishtalarning Alloh taoloning huzuriga koʻtarishlari buyruqlarni qabul qilib olish uchundir.

«...miqdori ellik ming yil boʻlgan kun»dan murod esa, qiyomat kunidur. Alloh taolo bu kunni gunohkorlar uchun nihoyatda uzun qilib qoʻyadi. Chunki, ularning Alloh taoloning hisob-kitobidan oʻtishlari qiyin kechgan holda, qiyomat dahshatlari, kutilayotgan azob qoʻrqinchi oz muddatni ham koʻp qilib koʻrsatadi.

Moʻminlar uchun esa, bu kun bir necha daqiqadan iboratdur.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz hadisi shariflarida: «Nafsim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, albatta u kunni (qiyomatni) moʻminlarga yengillashtiriladi, hatto, bu dunyoda oʻqiydigan farz namozidan ham yengil kechadi», deganlar.

Makka mushriklarining inkori, Allohning azobi haqidagi masxaralari Paygʻambar alayhissalomga ogʻir botar, u zotni iztirobga solardi. Shuning uchun ham, keyingi oyatda Alloh taolo Oʻz habibiga tasalli berib sabrga chaqiradi: