QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят5

فَٱصْبِرْ صَبْرًا جَمِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, chiroyli sabr qil.Бас, чиройли сабр қил.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, kofirlarning ozor-aziyyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr-toqat qiling!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, кофирларнинг озор-азийятларига) чиройли сабр билан сабр-тоқат қилинг!

568-sahifa · 29-juz · 57-hizb568-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱصْبِرْbas, sabr qilбас, сабр қилصَبْرًۭاsabr bilanсабр биланجَمِيلًاchiroyliчиройли
TafsirТафсир

Yaʼni, kofirlarning istehzo qilishlariga, ozor berishiga sabr qil, sabr qilganda ham, chiroyli sabr qil. Ularga azob kelishiga shoshilma.

Alloh taoloning daʼvati yoʻlida bel bogʻlagan daʼvatchining eng muhim va kuchli quroli sabr boʻlishi kerak. Chunki, har bir daʼvatchi Islom daʼvati yoʻlida turli-tuman ozorlarga, mashaqqatlarga uchrashi turgan gap. Ana shunda sabr boʻlmasa, ish bitmaydi. Sabr boʻlganda ham, Alloh taolo ushbu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga amr etayotgan chiroyli sabr boʻlishi kerak.

Chiroyli sabrni imom Qurtubiy: «Chiroyli sabr–ichida jizzakilik va Allohdan boshqaga shikoyat qilishligi yoʻq sabrdir», deb taʼrif qilganlar.