إِنَّآ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ أَنْ أَنذِرْ قَوْمَكَ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Nuhni o`z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg`ambar qilib yubordik.Биз Нуҳни ўз қавмига, қавмингни уларга аламли азоб келишидан аввал огоҳлантиргин, деб Пайғамбар қилиб юбордик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Nuhni: «Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogohlantirgin», deb oʻz qavmiga paygʻambar qilib yubordik.Дарҳақиқат, Биз Нуҳни: «Қавмингни уларга аламли азоб келиб қолишидан илгари огоҳлантиргин», деб ўз қавмига пайғамбар қилиб юбордик.
Nuh alayhissalom Kufa shahri oʻrnidagi yerlarda yashagan ekanlar, ana oʻsha yer aholisiga Paygʻambar qilib yuborilganlar. Ushbu eʼtibordan ulamolar, Nuh alayhissalom Arabiston yarim oroliga Paygʻambar etib yuborilgan, deydilar.
Nuh alayhissalomni «anbiyolarning shayxi» deb ham ataladi. Chunki, Ul zot alayhissalom ulul azm besh Paygʻambarning biridirlar. Ular–Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso va Muhammad alayhissalomlardir.
Alloh taolo ana oʻshandoq Paygʻambarni
«...qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin», deb yubordi.
Yaʼni, agar iymon keltirib, Menga itoat qilmasalar, bu dunyoda toʻfonning, u dunyoda doʻzaxning alamli azobiga qolishlaridan ogohlantirgin.
Nuh alayhissalom bu amri ilohiyni bajarishga kirishdilar.