قَالَ يَـٰقَوْمِ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.У: «Эй қавмим, албатта, мен сиз учун очиқ-ойдин огоҳлантирувчиман.Alauddin Mansour: U dedi: «Ey qavmim, albatta men sizlarga (yuborilgan) ochiq ogohlantirguvchidirman.У деди: «Эй қавмим, албатта мен сизларга (юборилган) очиқ огоҳлантиргувчидирман.
Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarning kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish avvalgi oyatda shart qilingan Alloh taologa ibodat qilish, unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat qilish ishlari boʻlsagina vujudga keladi.
«Ajal» soʻzining tafsirida ulamolar bir necha xil fikrlar aytganlar, Aslida, «ajal» soʻzi belgilangan muddat maʼnosini anglatadi, lekin xalq ichida oʻlim muddati maʼnosida tushuniladigan boʻlib qolgan. Agar shu maʼnoni oladigan boʻlsak, oyatdagi «sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadi» jumlasi, «Allohga ibodat qilsangiz, unga taqvo qilsangiz va Paygʻambarga itoat qilsangiz... belgilangan ajalgacha yashaysiz, boʻlmasa tezroq balo-qazoga duchor boʻlasiz» degan maʼnoni anglatadi.
Ikkinchi fikr esa, bu oyatda «ajal»dan murod azob-uqubat muddati, yaʼni Allohga ibodat qilib, Unga taqvo qilib va Paygʻambarga itoat qilib yursangiz, belgilangan azob-uqubat orqaga suriladi, degan maʼno chiqadi.
Qaysi maʼnoga eʼtibor qilmaylik, maqsad bir: Alloh taologa ibodat qilish, Unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat etish. Bularning barchasi yaxshilikka, azob-uqubatdan qutulishga bosh sababdir.
Endigi oyatlarda Nuh alayhissalomning jihodlari va qavmlarining sarkashliklari bayon qilinadi.