أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.Аллоҳга ибодат қилинглар, Унга тақво қилинглар ва менга итоат қилинглар.Alauddin Mansour: Allohga ibodat qilinglar va U zotdan qoʻrqinglar hamda menga itoat etinglar.Аллоҳга ибодат қилинглар ва У зотдан қўрқинглар ҳамда менга итоат этинглар.
Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarning kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish avvalgi oyatda shart qilingan Alloh taologa ibodat qilish, unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat qilish ishlari boʻlsagina vujudga keladi.
«Ajal» soʻzining tafsirida ulamolar bir necha xil fikrlar aytganlar, Aslida, «ajal» soʻzi belgilangan muddat maʼnosini anglatadi, lekin xalq ichida oʻlim muddati maʼnosida tushuniladigan boʻlib qolgan. Agar shu maʼnoni oladigan boʻlsak, oyatdagi «sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadi» jumlasi, «Allohga ibodat qilsangiz, unga taqvo qilsangiz va Paygʻambarga itoat qilsangiz... belgilangan ajalgacha yashaysiz, boʻlmasa tezroq balo-qazoga duchor boʻlasiz» degan maʼnoni anglatadi.
Ikkinchi fikr esa, bu oyatda «ajal»dan murod azob-uqubat muddati, yaʼni Allohga ibodat qilib, Unga taqvo qilib va Paygʻambarga itoat qilib yursangiz, belgilangan azob-uqubat orqaga suriladi, degan maʼno chiqadi.
Qaysi maʼnoga eʼtibor qilmaylik, maqsad bir: Alloh taologa ibodat qilish, Unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat etish. Bularning barchasi yaxshilikka, azob-uqubatdan qutulishga bosh sababdir.
Endigi oyatlarda Nuh alayhissalomning jihodlari va qavmlarining sarkashliklari bayon qilinadi.