QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят4

يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ إِذَا جَآءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi.У сизларнинг гуноҳларингиздан мағфират қиладир ва сизни белгиланган ажалгача қўйиб қўядир. Агар билсангиз, албатта, Аллоҳнинг ажали орқага сурилмайдир», – деди.Alauddin Mansour: (Shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan magʻfirat qilur va sizlarni belgilangan muddatgacha (yaʼni, ajallaringiz bitgunicha tirik) qoldirur. Agar bilguvchi boʻlsangizlar, Allohning (oʻlim uchun belgilab qoʻygan) muddati kelgan vaqtida aslo ortga surilmas.(Шунда Аллоҳ) сизларни гуноҳларингиздан мағфират қилур ва сизларни белгиланган муддатгача (яъни, ажалларингиз битгунича тирик) қолдирур. Агар билгувчи бўлсангизлар, Аллоҳнинг (ўлим учун белгилаб қўйган) муддати келган вақтида асло ортга сурилмас.

570-sahifa · 29-juz · 57-hizb570-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَغْفِرْmagʻfirat qiladirмағфират қиладирلَكُمsizlargaсизларгаمِّن-dan-данذُنُوبِكُمْgunohlaringizdanгуноҳларингизданوَيُؤَخِّرْكُمْva sizni qoʻyib qoʻyadirва сизни қўйиб қўядирإِلَىٰٓ-gacha-гачаأَجَلٍۢajalgachaажалгачаمُّسَمًّى ۚbelgilanganбелгиланганإِنَّalbattaалбаттаأَجَلَajaliажалиٱللَّهِAllohningАллоҳнингإِذَاqachonkiқачонкиجَآءَkelsaкелсаلَاemasэмасيُؤَخَّرُ ۖorqaga suriladiорқага суриладиلَوْagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизتَعْلَمُونَbilarбилар
TafsirТафсир

Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarning kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish avvalgi oyatda shart qilingan Alloh taologa ibodat qilish, unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat qilish ishlari boʻlsagina vujudga keladi.

«Ajal» soʻzining tafsirida ulamolar bir necha xil fikrlar aytganlar, Aslida, «ajal» soʻzi belgilangan muddat maʼnosini anglatadi, lekin xalq ichida oʻlim muddati maʼnosida tushuniladigan boʻlib qolgan. Agar shu maʼnoni oladigan boʻlsak, oyatdagi «sizni belgilangan ajalgacha qoʻyib qoʻyadi» jumlasi, «Allohga ibodat qilsangiz, unga taqvo qilsangiz va Paygʻambarga itoat qilsangiz... belgilangan ajalgacha yashaysiz, boʻlmasa tezroq balo-qazoga duchor boʻlasiz» degan maʼnoni anglatadi.

Ikkinchi fikr esa, bu oyatda «ajal»dan murod azob-uqubat muddati, yaʼni Allohga ibodat qilib, Unga taqvo qilib va Paygʻambarga itoat qilib yursangiz, belgilangan azob-uqubat orqaga suriladi, degan maʼno chiqadi.

Qaysi maʼnoga eʼtibor qilmaylik, maqsad bir: Alloh taologa ibodat qilish, Unga taqvo qilish va Paygʻambarga itoat etish. Bularning barchasi yaxshilikka, azob-uqubatdan qutulishga bosh sababdir.

Endigi oyatlarda Nuh alayhissalomning jihodlari va qavmlarining sarkashliklari bayon qilinadi.