QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят18

ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir.Сўнгра сизларни унга қайтарадир ва яна чиқарадир.Alauddin Mansour: Soʻngra (vafot qilganlaringizda) U zot sizlarni yana (yerga) qaytarur va (Qiyomat qoyim boʻlganida) sizlarni chiqarib olur!Сўнгра (вафот қилганларингизда) У зот сизларни яна (ерга) қайтарур ва (Қиёмат қойим бўлганида) сизларни чиқариб олур!

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграيُعِيدُكُمْsizlarni qaytaradirсизларни қайтарадирفِيهَاungaунгаوَيُخْرِجُكُمْva sizlarni chiqaradirва сизларни чиқарадирإِخْرَاجًۭا(yana) chiqarish bilan(яна) чиқариш билан
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo sizlarni oʻldirib, yana qayta yerning ichiga– qabrga kiritadi. Sizga hayot bergan Zot sizdan hayotni oladi ham. Sizni yerdan oʻstirgan Zot sizni yana yerga qayta kiritadi. Oxiratda esa, qayta tiriltirib, sizni yana yerdan chiqaradi. Shuning uchun ham, siz doimo Uning azamatini oʻylab ish qilishingiz lozim.

Bu ish qiyomat kuni sizni qayta tiriltirish bilan boʻladi. Ana oʻshanda bu dunyodagi zarra ogʻirligidagi yaxshiyu yomon hamma amallarimiz hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun ham, Alloh taologa iymon keltirish, Unga itoat va ibodat qilish kerak.

Oʻzingiz oʻylab koʻring, Alloh taolo sizni faqat yaratibgina qoʻymagan, balki bu dunyoda yashashingiz uchun hamma sharoitni muhayyo qilib bergan.