QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят17

وَٱللَّهُ أَنۢبَتَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ نَبَاتًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh sizlarni yerdan o`stirib chiqaradir.Ва Аллоҳ сизларни ердан ўстириб чиқарадир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarning (otangiz Odamni) Yerdan undirib-oʻstirdi (yaʼni, paydo qildi).Аллоҳ сизларнинг (отангиз Одамни) Ердан ундириб-ўстирди (яъни, пайдо қилди).

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳأَنۢبَتَكُمsizlarni oʻstirib chiqaradirсизларни ўстириб чиқарадирمِّنَ-dan-данٱلْأَرْضِyerdanерданنَبَاتًۭا(oʻsimlikdek) oʻstirib(ўсимликдек) ўстириб
TafsirТафсир

Odatda, yerdan oʻsimliklar oʻsib chiqadi. Lekin oyatda bizlarning oʻstirib chiqarilishimiz haqida zikr qilinyapti. Buni shundoq tushunish mumkin: hozirgi zamon ilmiy kashfiyotlari har bir jonzot, shu jumladan, siz bilan biz insonlar ham hayotimizda nabototlarga va ularga bogʻliq narsalarga asosan yashar ekanmiz. Oʻylab koʻraylik, hayvon goʻshtini isteʼmol qilamiz, oʻsha hayvon esa, nabotot yeb yashaydi. Hatto, baliqqa nazar solsak ham, silsila boʻlib oxiri oʻsimlikka borib taqalar ekan. Shundoq qilib, Qurʼoni Karim qisqa qilib insonning yashashi uchun zarur boʻlgan asosiy gʻizoga ishorat qilgan.

Albatta, buni Alloh taolodan boshqa hech kim qila olmaydi. Banda oʻzini yerdan oʻstirib qoʻygan zotga iymon keltirishi, Uning azamatidan qoʻrqishi, Unga itoat va ibodat qilishi lozim. Chunki: