QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят16

وَجَعَلَ ٱلْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًا وَجَعَلَ ٱلشَّمْسَ سِرَاجًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qo`yganini ko`rmadingizmi?Ва улар ичида ойни нур ва қуёшни чироқ қилиб қўйганини кўрмадингизми?Alauddin Mansour: Va oyni ulardagi nur-yorugʻlik qilib, quyoshni esa (nur sochguvchi) chiroq qilib qoʻyganini koʻrmadinglarmi?!Ва ойни улардаги нур-ёруғлик қилиб, қуёшни эса (нур сочгувчи) чироқ қилиб қўйганини кўрмадингларми?!

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلَva qilib qoʻydiва қилиб қўйдиٱلْقَمَرَoyniойниفِيهِنَّular ichidaулар ичидаنُورًۭاnurнурوَجَعَلَva qilib qoʻydiва қилиб қўйдиٱلشَّمْسَquyoshniқуёшниسِرَاجًۭاchiroqчироқ
TafsirТафсир

Bu oyatda oy «nur» deb atalmoqda. Odatda, «nur» deb boshqa bir jismdan taʼsirlanib chiqarilgan yorugʻlikka aytiladi. Haqiqatan, oy oʻzi qorongʻu jism boʻlib, nurni quyoshdan olishini olimlar isbot qildilar. Oyatda shunga ishora qilinyapti.

Quyosh «chiroq» deyildi. Odatda, chiroq moy, gazga oʻxshash narsalardan quvvat olib yorugʻlik taratadi. Yangi ilmiy kashfiyotlar quyosh yonib turuvchi jism ekanligini ham tasdiq qildi. Bu ilmiy dalillar Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini yana bir bor isbot qiladi.

Eng muhimi, ushbu narsalarning hammasi–odamlarning holatma-holat yaratilishi ham, yetti osmonning tabaqama-tabaqa xalq qilinishi ham, oyning nur va quyoshning chiroq qilib qoʻyilishi ham har bir banda uchun Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalil boʻlib xizmat qilishi kerak. Har bir banda mazkur narsalardan oʻziga kerakli xulosani chiqarib olib, Alloh taoloning azamatini oʻylashi, Unga iymon keltirib, itoat va ibodat qilishi lozim boʻladi.

Keyingi oyatlarda ham banda Alloh taoloning azamatini oʻylashi, Alloh taolo tomonidan unga berilgan neʼmatlarning shukrini qilishi lozimligi haqida soʻz ketadi.