أَلَمْ تَرَوْا۟ كَيْفَ خَلَقَ ٱللَّهُ سَبْعَ سَمَـٰوَٰتٍ طِبَاقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qo`yganini ko`rmadingizmi?Аллоҳ етти осмонни қандоқ қилиб табақама-табақа яратиб қўйганини кўрмадингизми?Alauddin Mansour: Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratganini;Аллоҳ етти осмонни қандай устма-уст қилиб яратганини;
Bu oyatda oy «nur» deb atalmoqda. Odatda, «nur» deb boshqa bir jismdan taʼsirlanib chiqarilgan yorugʻlikka aytiladi. Haqiqatan, oy oʻzi qorongʻu jism boʻlib, nurni quyoshdan olishini olimlar isbot qildilar. Oyatda shunga ishora qilinyapti.
Quyosh «chiroq» deyildi. Odatda, chiroq moy, gazga oʻxshash narsalardan quvvat olib yorugʻlik taratadi. Yangi ilmiy kashfiyotlar quyosh yonib turuvchi jism ekanligini ham tasdiq qildi. Bu ilmiy dalillar Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanini yana bir bor isbot qiladi.
Eng muhimi, ushbu narsalarning hammasi–odamlarning holatma-holat yaratilishi ham, yetti osmonning tabaqama-tabaqa xalq qilinishi ham, oyning nur va quyoshning chiroq qilib qoʻyilishi ham har bir banda uchun Alloh taoloning cheksiz qudratiga dalil boʻlib xizmat qilishi kerak. Har bir banda mazkur narsalardan oʻziga kerakli xulosani chiqarib olib, Alloh taoloning azamatini oʻylashi, Unga iymon keltirib, itoat va ibodat qilishi lozim boʻladi.
Keyingi oyatlarda ham banda Alloh taoloning azamatini oʻylashi, Alloh taolo tomonidan unga berilgan neʼmatlarning shukrini qilishi lozimligi haqida soʻz ketadi.