لِّتَسْلُكُوا۟ مِنْهَا سُبُلًا فِجَاجًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda siz keng yo`llardan yurishingiz uchun», dedi.Унда сиз кенг йўллардан юришингиз учун», деди.Alauddin Mansour: — Sizlar undagi keng yoʻllarda yurishlaringiz uchun (yoyiq-tekis qilib qoʻydi)».— Сизлар ундаги кенг йўлларда юришларингиз учун (ёйиқ-текис қилиб қўйди)».
Alloh taoloning bandalar uchun «yerni gilamdek toʻshab qoʻyishi»–xuddi oʻtirish, yotish, ovqatlanish va boshqa hayot farovonligi uchun zarur ishlarga yaxshi joy hozirlash uchun gilam toʻshalgandek, Alloh yerni toʻshab qoʻydi, degan maʼnoni anglatadi.
Yaʼni, Alloh taolo yerni keng, tekis va jihozlangan gilamdek qilib qoʻydi, oʻz gilami ustida xohlaganicha yastanib yotgan kishidek, xohlaganingizni qilishga moslab qoʻydi.
Imom Olusiy oʻz tafsirlarida ushbu oyati karima haqidagi maʼlumotlar qatorida quyidagi maʼnolarni ham yozgan ekanlar: «Ushbu oyatda yer shar shaklida emas, yoyilgandir, deyishga hujjat yoʻq. Yerning shar shaklida ekanligi xuddi ishonchli bir ish kabi. Chunki, ulkan shar ustidagi shaxsga uning atrofi tep-tekis boʻlib koʻrinadi. Yerning gilam kabi toʻshab qoʻyilishligi maʼnosi, uning ustida xuddi oʻzingizni gilam ustida his qilgandek his qilasiz, deganidir».
Yana bir Qurʼoniy moʻʼjiza! Albatta, Qurʼoni Karim oyatlari tushayotgan davrda keng yoʻllar degan maʼnoni tasavvur ham qilib boʻlmas edi. Hozir esa, keng yoʻllarsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi.
Alloh taolo yerni inson uchun, u hayot kechirishi uchun maskan qilib qoʻyganini eslatganidan soʻng ham Nuh qavmi oʻz zalolatidan qaytmadi. Shunda Nuh alayhissalom oʻz ishlarini, dardu hasratlarini yana toʻkib soldilar.