QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят28

رَّبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِمَن دَخَلَ بَيْتِىَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّـٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbim, meni mag`firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo`min bo`lib kirganlarni va mo`minlaru mo`minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o`zga narsani ziyoda qilma», dedi.Роббим, мени мағфират қилгин, менинг ота-онамни ҳам ва уйимга мўмин бўлиб кирганларни ва мўминлару мўминаларни ҳам. Ва золимларга ҳалокатдан ўзга нарсани зиёда қилма», деди.Alauddin Mansour: Parvardigorim, Oʻzing meni, ota-onamni, mening uyimga moʻmin holda kirgan kishilarni va barcha moʻminu moʻminalarni magʻfirat qilgan, zolim kimsalarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin»!Парвардигорим, Ўзинг мени, ота-онамни, менинг уйимга мўмин ҳолда кирган кишиларни ва барча мўмину мўминаларни мағфират қилган, золим кимсаларга эса фақат ҳалокатни зиёда қилгин»!

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَّبِّRobbimРоббимٱغْفِرْmagʻfirat qilginмағфират қилгинلِىmeniмениوَلِوَٰلِدَىَّva mening ota-onamniва менинг ота-онамниوَلِمَنva kimkiва кимкиدَخَلَkirganкирганبَيْتِىَuyimgaуйимгаمُؤْمِنًۭاmoʻmin boʻlibмўмин бўлибوَلِلْمُؤْمِنِينَva moʻminlarniва мўминларниوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِva moʻminalarniва мўминаларниوَلَاva emasва эмасتَزِدِziyoda qilginзиёда қилгинٱلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаإِلَّا-dan oʻzga-дан ўзгаتَبَارًۢاhalokatniҳалокатни
TafsirТафсир

Nuh alayhissalomning duolari qabul boʻldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qoʻymay halok qildi. Chunki, ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasalidek edilar. Ularni kesib tashlamasa, boʻlmas edi.

Qurʼoni Karim Islomga muxoliflar bilan boʻlgan tortishuvlarda oʻtgan Paygʻambarlar va ularning qavmlari qissalarini taʼsir qiluvchi bir ibrat sifatida ishlatgan. Shu bilan birga, bu qissalar mushriklardan koʻplab ozor yegan, mashaqqat chekkan Paygʻambar alayhissalom va u kishiga ergashgan musulmonlar qalbini taskin toptirish va quvvatlantirish uchun ham zarur boʻlgandir.

Mazkur surai karima Nuh alayhissalom va u zotning qavmlari qissasini oʻz ichiga olgan. Bu qissada Qurʼon tushayotgan oʻsha paytdagi Makka mushriklari holiga juda ham oʻxshashlik bor. «Nuh» surasi kufrda mahkam turib olishning oqibati qandoq ayanchli boʻlishini bayon qilib berdi. Bunda Makka mushriklariga va ularga oʻxshaganlarga qattiq tanbeh bor.