QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят27

إِنَّكَ إِن تَذَرْهُمْ يُضِلُّوا۟ عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوٓا۟ إِلَّا فَاجِرًا كَفَّارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sen ularni tek qo`ysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tug`maslar.Албатта, сен уларни тек қўйсанг, бандаларингни адаштирадилар ва фожиру кофирдан бошқа туғмаслар.Alauddin Mansour: Chunki Sen agar ularni (Yer yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yoʻldan ozdirurlar va ular faqat koʻrnamak, nopok (kimsalar)ni tugʻib-koʻpaytirurlar.Чунки Сен агар уларни (Ер юзида) қолдирсанг, улар бандаларингни йўлдан оздирурлар ва улар фақат кўрнамак, нопок (кимсалар)ни туғиб-кўпайтирурлар.

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّكَalbatta Senалбатта Сенإِنagarагарتَذَرْهُمْularni tek qoʻysangуларни тек қўйсангيُضِلُّوا۟adashtirurlarадаштирурларعِبَادَكَbandalaringniбандаларингниوَلَاva emasва эмасيَلِدُوٓا۟tugʻarlarтуғарларإِلَّا-dan boshqa-дан бошқаفَاجِرًۭاfojiruфожируكَفَّارًۭاkofirкофир
TafsirТафсир

Nuh alayhissalom Alloh taologa birorta ham kofirni qoʻymay halok qilishini soʻrab qilgan duolaridan soʻng, bu duoning sababini «ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tugʻmaydilar», deb izohlamoqdalar.

Nuh alayhissalom bu narsani qayerdan bilganlar, degan savolga ulamolarimiz: uzoq davom etgan tajribadan, deb javob berganlar. Chunki, Ul zot alayhissalom ularning ichida elligi kam ming yil yashadilar. U qavmning tabiatini biladilar, tajribadan oʻtkazganlar. Ulardan bir odam oʻz bolasini Nuh alayhissalomning oldilariga olib kelib, ey bolam, manavidan hazir boʻl, u kazzobdir. Otam menga ushbu vasiyatni qilgan edi, derdi Nuh alayhissalomni koʻrsatib turib. Shundoq qilib kattalar, yoshlar buzilib boraverar edi. Ulardan birov iymonga kelmasdi.

Nuh alayhissalom oʻtgan oyatda kofirlarni duoibad qilganlaridan soʻng, endi keladigan oyatda moʻminlarni duoi xayr qiladilar.