QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Nuh surasi · Oyatсураси · Оят26

وَقَالَ نُوحٌ رَّبِّ لَا تَذَرْ عَلَى ٱلْأَرْضِ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ دَيَّارًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo`ymagin.Ва Нуҳ: «Эй Роббим, ер юзида кофирлардан бирорта ҳам ҳаракатланувчини қўймагин.Alauddin Mansour: Nuh aytdi: «Parvardigorim, Yer yuzida kofirlardan biron hovli-joy egasini qoldirmagin.Нуҳ айтди: «Парвардигорим, Ер юзида кофирлардан бирон ҳовли-жой эгасини қолдирмагин.

571-sahifa · 29-juz · 57-hizb571-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиنُوحٌۭNuhНуҳرَّبِّEy RobbimЭй Роббимلَاemasэмасتَذَرْqoʻyginқўйгинعَلَى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаمِنَ-dan-данٱلْكَـٰفِرِينَkofirlardanкофирларданدَيَّارًاbirorta ham harakatlanuvchiniбирорта ҳам ҳаракатланувчини
TafsirТафсир

Nuh alayhissalom Alloh taologa birorta ham kofirni qoʻymay halok qilishini soʻrab qilgan duolaridan soʻng, bu duoning sababini «ularni tek qoʻysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tugʻmaydilar», deb izohlamoqdalar.

Nuh alayhissalom bu narsani qayerdan bilganlar, degan savolga ulamolarimiz: uzoq davom etgan tajribadan, deb javob berganlar. Chunki, Ul zot alayhissalom ularning ichida elligi kam ming yil yashadilar. U qavmning tabiatini biladilar, tajribadan oʻtkazganlar. Ulardan bir odam oʻz bolasini Nuh alayhissalomning oldilariga olib kelib, ey bolam, manavidan hazir boʻl, u kazzobdir. Otam menga ushbu vasiyatni qilgan edi, derdi Nuh alayhissalomni koʻrsatib turib. Shundoq qilib kattalar, yoshlar buzilib boraverar edi. Ulardan birov iymonga kelmasdi.

Nuh alayhissalom oʻtgan oyatda kofirlarni duoibad qilganlaridan soʻng, endi keladigan oyatda moʻminlarni duoi xayr qiladilar.