مِّمَّا خَطِيٓـَٔـٰتِهِمْ أُغْرِقُوا۟ فَأُدْخِلُوا۟ نَارًا فَلَمْ يَجِدُوا۟ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَنصَارًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular xatolari tufayli g`arq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, o`zlariga Allohdan o`zga yordamchi topa olmadilar.Улар хатолари туфайли ғарқ қилиндилар, бас, оловга киритилдилар. Бас, ўзларига Аллоҳдан ўзга ёрдамчи топа олмадилар.Alauddin Mansour: Ular oʻz xato-gunohlari sababli gʻarq qilinib, doʻzaxga kiritildilar. Bas, oʻzlari uchun Allohdan oʻzga yordam berguvchilarni topmadilar (yaʼni, sigʻingan but-sanamlari ularni Allohning azobidan qutqara olmadilar).Улар ўз хато-гуноҳлари сабабли ғарқ қилиниб, дўзахга киритилдилар. Бас, ўзлари учун Аллоҳдан ўзга ёрдам бергувчиларни топмадилар (яъни, сиғинган бут-санамлари уларни Аллоҳнинг азобидан қутқара олмадилар).
Ulamolarimiz ushbu oyatni qabr azobiga dalildir, deganlar. Chunki, Nuh alayhissalomning qavmlari toʻfonga gʻarq qilinganlaridan soʻng, olovga kiritilganliklari haqida soʻz ketmoqda. Oxirat olovi qiyomatda boʻlishi hammaga maʼlum va mashhur. Bas, shundan ushbu oyatda xabari berilgan, Nuh alayhissalomning qavmi kiritilgan olovdan murod qabr olovining azobidir.
Soʻngra Nuh alayhissalom oʻz duolarida davom etdilar: