وَقَدْ أَضَلُّوا۟ كَثِيرًا ۖ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّـٰلِمِينَ إِلَّا ضَلَـٰلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, ular ko`plarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi.Дарҳақиқат, улар кўпларини адаштирди. Ва Сен золимларга залолатдан бошқани зиёда қилма», деди.Alauddin Mansour: «Darhaqiqat, ular (yaʼni, Nuh qavmining boy-badavlat boshliqlari) koʻp (kishilar)ni yoʻldan ozdirdilar. (Parvardigorim), bu zolim kimsalarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin», (dedi Nuh).«Дарҳақиқат, улар (яъни, Нуҳ қавмининг бой-бадавлат бошлиқлари) кўп (кишилар)ни йўлдан оздирдилар. (Парвардигорим), бу золим кимсаларга фақат гумроҳликни зиёда қилгин», (деди Нуҳ).
Koʻrinib turibdiki, Nuh alayhissalomning bu duolari nihoyatda alamli duo. Nuh alayhissalom oʻz qavmlariga qilgan ushbu duoibadni, Alloh subhanahu va taolo u zotga: sening qavmingdan hozir iymonga kelganlaridan oʻzgasi zinhor iymonga kelmas, deb xabar berganidan soʻng, ularning iymonlaridan noumid boʻlib turib qilganlar.
Keyingi oyatda esa, ochiq-oydin javob keladi: