وَقَالُوا۟ لَا تَذَرُنَّ ءَالِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلَا سُوَاعًا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suva'ni ham, Yag`usni ham, Ya'uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar.Ва улар: «Олиҳаларингизни ҳеч тарк қилманглар, ва, албатта, Ваддни ҳам, Суваъни ҳам, Яғусни ҳам, Яъуқни ҳам ва Насрни ҳам тарк қилманг», дедилар.Alauddin Mansour: Va (oʻzlariga ergashgan tuban-pastkash kimsalarga): «Sizlar hargiz oʻz xudolaringizni tark qilmanglar! Vadni ham, Suvoʼni ham, Yagʻusni ham, Yaʼuqni va Nasrni ham hargiz tark qilmanglar!», dedilar.Ва (ўзларига эргашган тубан-пасткаш кимсаларга): «Сизлар ҳаргиз ўз худоларингизни тарк қилманглар! Вадни ҳам, Сувоъни ҳам, Яғусни ҳам, Яъуқни ва Насрни ҳам ҳаргиз тарк қилманглар!», дедилар.
Aziz kitobxon, Nuh alayhissalom qissalari sharhida eslatib oʻtganimiz shayton vasvasasi tufayli kishilar haykallarga sigʻinishining bayoni ushbu oyatda nozil qilinganining guvohi boʻldik.
Rivoyatlarda kelishicha, Vadd, Suvaʼ, Yagʻus, Yaʼuq va Nasr ahli solih, taqvodor kishilar boʻlganlar. Kishilar ularni nihoyatda yaxshi koʻrganlar va hurmat qilganlar. Vaqti-soati yetib ular vafot etganlaridan soʻng shayton vasvasasiga uchib, kishilar ularning suratlarini chizganlar, soʻngra haykallarini yasaganlar. Ularni ziyorat qilganlar. Asta-sekin, dardlarini ularga aytadigan boʻlishgan. Oqibatda, vaqt oʻtishi bilan, ularni Xudo deb eʼtiqod qilganlar va ularga ibodat qilganlar.