وَأَنَّ ٱلْمَسَـٰجِدَ لِلَّهِ فَلَا تَدْعُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, masjidlar Allohnikidir. Bas, Allohdan boshqaga duo qilmang.Ва албатта, масжидлар Аллоҳникидир. Бас, Аллоҳдан бошқага дуо қилманг.Alauddin Mansour: Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo-iltijo qilmanglar!Албатта (барча) масжидлар Аллоҳникидир. Бас, (масжидларда) Аллоҳ билан бирга яна бирон кимсага дуо-илтижо қилманглар!
Masjidlar Alloh taologa ibodat qilish uchun bino qilingan joylardir, shuning uchun ham ular «Baytulloh» –«Allohning uyi» deb ataladi. Boshqa din vakillari oʻz ibodatxonalarida Allohga shirk keltirishar, yagona Allohdan oʻzgaga ham ibodat, duo qilishardi. Alloh taolo bu oyatda Oʻz Paygʻambari va moʻmin-musulmonlarni tavhidga– faqat Allohning Oʻziga ibodat qilishga chaqiradi.