QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят19

وَأَنَّهُۥ لَمَّا قَامَ عَبْدُ ٱللَّهِ يَدْعُوهُ كَادُوا۟ يَكُونُونَ عَلَيْهِ لِبَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, Allohning bandasi Unga ibodat qilib turganda ular uning atrofida ot yolidek to`planib, bosib yuboray deyishdi.Ва албатта, Аллоҳнинг бандаси Унга ибодат қилиб турганда улар унинг атрофида от ёлидек тўпланиб, босиб юборай дейишди.Alauddin Mansour: Albatta, qachonki Allohning bandasi (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) U zotga duo-iltijo qilgan holda turganida, ular (yaʼni, jinlar Qurʼon eshitish ishtiyoqida) uning ustiga gʻuj-gʻuj boʻlib yopirilishga yaqin boʻldilar.Албатта, қачонки Аллоҳнинг бандаси (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) У зотга дуо-илтижо қилган ҳолда турганида, улар (яъни, жинлар Қуръон эшитиш иштиёқида) унинг устига ғуж-ғуж бўлиб ёпирилишга яқин бўлдилар.

573-sahifa · 29-juz · 58-hizb573-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّهُۥva albattaва албаттаلَمَّاqachonkiқачонкиقَامَturgandaтургандаعَبْدُbandasiбандасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингيَدْعُوهُUnga ibodat qilibУнга ибодат қилибكَادُوا۟bosib yuboray deyishdiбосиб юборай дейишдиيَكُونُونَtoʻplanibтўпланибعَلَيْهِuning atrofidaунинг атрофидаلِبَدًۭاot yolidekот ёлидек
TafsirТафсир

Bu oyatda jinlarning Paygʻambar alayhissalom huzurlariga ikkinchi bor kelib Qurʼon eshitganlari payti tasvirlanyapti. Birinchi eshitganlar qaytib borib, oʻz qavmlariga boʻlgan voqeani aytib berganlaridan soʻng, ular toʻplanib kelishgan va Paygʻamabarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarrama yaqinidagi Hajun nomli joyda «Ar-Rohman» surasini oʻqiganlarini eshitganlar. Oʻshanda jinlarning soni yetmish mingga boʻlganligi rivoyatlarda kelgan. Qurʼon eshitishga ishtiyoqlari zoʻr boʻlganligidan bir-birlarini surib, otning yoli kabi zichlashib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamnig boʻyinlariga chiqib ketay deyishgan. Bu oyatda oʻsha holat tasvirlanmoqda.

Ey Muhammad!