وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.Ва уларнинг гапларига сабр қил ва улардан чиройли четлаш-ла четлаб тур.Alauddin Mansour: Va ular (mushriklar) aytayotgan soʻzlariga (berayotgan ozorlariga) sabr qiling hamda ularni chiroyli tark eting!Ва улар (мушриклар) айтаётган сўзларига (бераётган озорларига) сабр қилинг ҳамда уларни чиройли тарк этинг!
Bu oyatda Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga mushriklar bilan qandoq muomala qilish kerakligini oʻrgatyapti. Ularning turli igʻvo-boʻhton va yolgʻondan iborat gaplariga sabr qil, deydi. Ular bilan tortishib, urishib, janjallashib oʻtirmasdan, chiroyli holatda chetlab tur, deydi.
«Chiroyli holatda chetlash»ning maʼnosi, ularga ozor bermay, urishmay, soʻkishmay tark qilishdir.
Oʻsha paytda moʻmin-musulmonlar Makkada juda oz sonli boʻlib, oʻta zaifhol edilar. Shuning uchun ham, sabrga va kechasi ibodat qilib, doimiy zikr ila mashgʻul boʻlib, oʻzlarining ruhiy tarbiyalariga alohida eʼtibor berishga amr qilindilar. Chunki, ularni kelajakda ulugʻ ishlar, ulkan jihodlar kutar edi.