۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌۢ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir.Албатта, Роббинг сени кечанинг учдан иккисидан озроғини, ё ярмини, ё учдан бирини қоим бўлиб ўтказаётганингни ва сен билан бирга бўлганлардан ҳам бир тоифа (шундоқ қилаётганларини) биладир. Ва Аллоҳ кечаю кундузни Ўзи ўлчайдир. У сизлар ҳеч чидай олмаслигингизни билиб, сизларга (енгилликни) қайтарди. Бас (энди), Қуръондан муяссар бўлганича ўқинглар. Сизлардан келажакда касаллар бўлишини ҳам билди. Бошқалар Ер юзида юриб, Аллоҳнинг фазлини ахтаришини, яна бошқалар эса, Аллоҳнинг йўлида жиҳод қилишларини (ҳам билди). Бас, ундан муяссар бўлганича қироат қилинглар. Ва намозни қоим қилинглар, закот беринглар ва Аллоҳга яхши қарз беринглар. Ўзингиз учун нима яхшилик қилган бўлсангиз, Аллоҳнинг ҳузурида ундан яхшироғини ва улканроқ ажрни топарсизлар. Аллоҳга истиғфор айтинглар. Албатта, Аллоҳ мағфират қилувчи ва раҳмдилдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Parvardigoringiz siz va siz bilan birga boʻlgan kishilardan iborat toifa (yaʼni, sahobalaringiz goho) kechaning uchdan ikkisidan ozrogʻida, (goho) uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor boʻlib, namozda) turishlaringizni bilur. Kecha va kunduz (soatlari)ni Alloh belgilar. U zot (fasllar oʻzgarishi bilan kechalar ham uzun-qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning) sanogʻiga yeta olmasliklaringizni bilib, sizlarga qayta yengillik berdi. — Endi (kechalari namozlaringizda) Qurʼondan muyassar boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U zot sizlarning orangizda (kechalari bedor boʻlishga quvvati yetmaydigan) bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazl-marhamatidan (rizq-roʻz) istab Yer yuzida (yaʼni, uning turli tomonlariga) safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini bildi. Bas, (oʻzlaringizni qiynamay Qurʼondan) muyassar boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Va namozni toʻkis ado etinglar, zakotni (haqdorlarga) ato etinglar va (bechora miskinlarga xayru saxovat qilish bilan) Allohga qarzi hasana beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (Qiyomat Kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulugʻroq ajr-mukofot holida topursizlar. Allohdan magʻfirat soʻranglar! Albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), албатта Парвардигорингиз сиз ва сиз билан бирга бўлган кишилардан иборат тоифа (яъни, саҳобаларингиз гоҳо) кечанинг учдан иккисидан озроғида, (гоҳо) унинг ярмида ва (гоҳо) учдан бирида (бедор бўлиб, намозда) туришларингизни билур. Кеча ва кундуз (соатлари)ни Аллоҳ белгилар. У зот (фасллар ўзгариши билан кечалар ҳам узун-қисқа бўлиб туриши сабабли сизлар у кечаларда бедор бўлишларингиз лозим бўлган соатларнинг) саноғига ета олмасликларингизни билиб, сизларга қайта енгиллик берди. — Энди (кечалари намозларингизда) Қуръондан муяссар бўлган миқдорда ўқийверинглар. У зот сизларнинг орангизда (кечалари бедор бўлишга қуввати етмайдиган) беморлар бўлишини, бошқалар Аллоҳнинг фазл-марҳаматидан (ризқ-рўз) истаб Ер юзида (яъни, унинг турли томонларига) сафар қилишларини ва яна бошқалар эса Аллоҳ йўлида жангга чиқиб кетишларини билди. Бас, (ўзларингизни қийнамай Қуръондан) муяссар бўлган миқдорда ўқийверинглар. Ва намозни тўкис адо этинглар, закотни (ҳақдорларга) ато этинглар ва (бечора мискинларга хайру саховат қилиш билан) Аллоҳга қарзи ҳасана беринглар! Ўзларингиз учун тақдим қиладиган ҳар бир яхшиликни (Қиёмат Куни) Аллоҳнинг ҳузурида янада яхшироқ ва улуғроқ ажр-мукофот ҳолида топурсизлар. Аллоҳдан мағфират сўранглар! Албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim boʻlishni bekor qildi. Shundan soʻng, kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylandi. Oyatda nima uchun avvalgi buyruq bekor qilinganligi ham aytib oʻtildi.
Ushbu oyati karimaning boshida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalariga kechaning maʼlum qismini bedor boʻlib ibodat ila oʻtkazish farz qilingani ochiq-oydin aytib oʻtilmoqda.
«Albatta, Robbing sen kechaning uchdan biridan ozrogʻini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim boʻlib oʻtkazayotganingni va sen bilan birga boʻlganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir.»
Ularga kechaning uchdan biridan oz, uchdan ikkisidan koʻp boʻlmagan qismini bedor boʻlib oʻtkazish amr qilingan edi. Kechasi zikr, namoz, Qurʼon tilovati kabi turli ibodatlar ila qoim boʻlish moʻmin musulmon kishining tanasini baquvvat, ruhini pok qiladi. Ularni turli mashaqqatlarni osonlik bilan koʻtarishga oʻrgatadi, ayshu ishrat, hoyi-havasga berilishdan saqlaydi.
Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻz diniga xizmat qilishlari kutilayotgan zotlarni alohida ruhiy, maʼnaviy va jismoniy tarbiya qilish uchun ushbu uslubni qoʻllagan edi.
«Va Alloh kechayu kunduzni Oʻzi oʻlchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (yengillikni) qaytardi. Bas (endi), Qurʼondan muyassar boʻlganicha oʻqinglar.»
Yaʼni, oldin sizlarni chiniqtirish uchun kechasi namoz oʻqishni farz qilgan edi. Endi esa, U zot sizlar bu ishga hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga yengillikni qaytardi. Endi kechasining maʼlum qismini bedorlik-la ibodat qilib oʻtkazish farz boʻlmay qoldi. Ushbu oyat nozil boʻlgandan boshlab, bu ish ixtiyoriy boʻldi. Bas, endi, Qurʼondan muyassar boʻlganicha oʻqinglar.
Oyatning davomida esa, kechasining maʼlum qismini bedor oʻtkazish hukmini farzdan tushirib ixtiyoriyga keltirishning sabablaridan uchtasini: bemorlik, Allohning yoʻlida jihod qilishlik va yer yuzida yurib Allohning fazlini axtarish zikr qilinadi.
Ushbu uch toifa kishilarga kechasi bedor boʻlib ibodat-la mashgʻul boʻlish ogʻirlik qiladi. Alloh taolo esa, Oʻz bandalariga ogʻir boʻlishini xohlamaydi.
«Sizlardan kelajakda kasallar boʻlishini ham bildi. Boshqalar yer yuzida yurib Allohning yoʻlida fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yoʻlida jihod qilishlarini (ham bildi).»
Alloh taolo ushbu oyatdagi «...Boshqalar yer yuzida yurib Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yoʻlida jihod qilishlarini (ham bildi)...» jumlasida Allohning yoʻlida jihod qiluvchilar bilan Allohning fazlini axtaruvchilar, yaʼni kasbu kordagilarni tenglashtirmoqda.
Shuning uchun ham, sahobalardan Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu: «Kimki sabr qilib, qiyinchiliklarga chidab, savob umidida musulmonlar diyoriga biror narsani keltirib, oʻsha kunning narxida sotsa, Allohning huzurida shahidlar martabasiga erishadi», deganlar.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu esa: «Men uchun Allohning yoʻlida jang qilib oʻlishdan keyingi eng yaxshi oʻlim, yer yuzida Allohning fazlini axtarib yurib, yuklarim orasida oʻlishdir», deganlar.
Ha, Islomda halol kasb bilan shugʻullanib rizq-roʻz topish shundoq ulugʻlanadi.
«Bas, undan muyassar boʻlganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. Oʻzingiz uchun nima yaxshilik qilgan boʻlsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirogʻini va ulkanroq ajrni topasizlar. Allohga istigʻfor aytinglar. Albatta, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimlidir.»
Oyatda kelgan,
«Allohga yaxshi qarz beringlar» jumlasi haqida ham bir oz toʻxtalib oʻtishimiz lozim.
«Yaxshi qarz»–birovga qarz berib ustiga ustama olmaslik, yaʼni, sudxoʻrlik qilmaslikdir.
Oyatda odamlarga beriladigan qarz Allohga nisbat berilayotgani boylarga tanbehdir. Yaʼni, kambagʻal-muhtojga qarz bersang, Allohga qarz berganing bilan barobar. Kambagʻalga minnat qilmagin. Balki rahmat aytgin, chunki u sening savobga sazovor boʻlishingga sabab boʻldi, deganidir.
Islom taʼlimotlari har bir narsada yuksak insoniy fazilatlar hukm surishini yoʻlga qoʻyib kelgan va inshoalloh, shunday boʻlib qoladi.