إِنَّ هَـٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, o`z Robbi tomon yo`l oladir.Албатта, булар эслатмадир, Ким хоҳласа, ўз Робби томон йўл оладир.Alauddin Mansour: Albatta ushbu (oyatlar) bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa (bu nasihatdan ibrat olib) Parvardigoriga yoʻl tutar.Албатта ушбу (оятлар) бир эслатмадир. Бас, ким хоҳласа (бу насиҳатдан ибрат олиб) Парвардигорига йўл тутар.
Yaʼni, bular–Qurʼon oyatlari hamma uchun eslatmadir. Kim xohlasa, ushbu eslatmadan oʻziga ibrat olib, Robbisiga yoʻl oladi. Oldin eslamay gʻofil boʻlib yurgan boʻlsa ham, eslatilgandan keyin, bu oyatlar bilan oshno boʻlgandan keyin, vaqtning borida oʻziga foyda oladi.
Ushbu oyatda Alloh taologa iymon keltirishga, Unga itoat va ibodat qilishga ulkan targʻib bordir. Shuningdek, amali solihlarni qilishga ham ulkan targʻib bordir.
Surai karimani Alloh taolo uzun oyat bilan tugatadi. Yuqorida eslatib oʻtganimizdek, suraning avvali tushgandan soʻng bir yil muddat oʻtib tushgan oyat shu oyatdir: