QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muzzammil surasi · Oyatсураси · Оят18

ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرٌۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning va'dasi amalga oshadir.Унда осмон парчаланувчидир, У зотнинг ваъдаси амалга ошадир.Alauddin Mansour: U (dahshatli Kun) sababli osmon ham yorilguvchidir! (Allohning) vaʼdasi amalga oshguvchidir!У (даҳшатли Кун) сабабли осмон ҳам ёрилгувчидир! (Аллоҳнинг) ваъдаси амалга ошгувчидир!

574-sahifa · 29-juz · 58-hizb574-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلسَّمَآءُosmonосмонمُنفَطِرٌۢparchalanuvchidirпарчаланувчидирبِهِۦ ۚunda (u sababli)унда (у сабабли)كَانَerurэрурوَعْدُهُۥU zotning vaʼdasiУ зотнинг ваъдасиمَفْعُولًاamalga oshadiganамалга ошадиган
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha qiyomat kuni dahshatidan osmon ham parchalanib ketadi. Alloh taolo har bir vaʼdasi xilof boʻlmay oʻz vaqtida boʻladigan zotdir. U zot qiyomat boʻlishini ham vaʼda qilgan. Demak, qiyomat ham boʻlishi turgan gap, unga tayyorgarlik koʻraverish kerak.