فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar kofir bo`lsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?!Агар кофир бўлсаларингиз, болаларнинг сочини оқартириб юборадиган кундан қандай сақланурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, agar sizlar kofir boʻlsangizlar (oʻz dahshati bilan) bolalarni(ng sochlarini oqartirib) chollarga aylantirib qoʻyadigan Kun(ning azobi)dan qanday saqlanursizlar!Бас, агар сизлар кофир бўлсангизлар (ўз даҳшати билан) болаларни(нг сочларини оқартириб) чолларга айлантириб қўядиган Кун(нинг азоби)дан қандай сақланурсизлар!
«Bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kun»–qiyomat kuni ekani hammaga maʼlum. Asosan gʻam-gʻussa, qiyinchilik va tashvish sochni oqartirishi ham hammaga maʼlum. Asosan katta yoshdagi odamlarning sochi oqarishligi ham hammaga maʼlum. Yosh bolalarning sochi oqarmasligi ham hammaga maʼlum. Odatda, sochi oqarishi mumkin boʻlmagan yosh bolalarning ham sochlarini oqartirib yuborishidan qiyomatning dahshati, uning gʻam-gʻussa va tashvishlari ne darajada ekanligini bilib olsa boʻlaveradi.
Bu haqda Imom Tobariy quyidagilarni yozgan ekanlar: «Bolalarning sochiga oq tushirishi uning dahshati va gʻam-gʻussasi shiddatli ekanidandir. Bu holat Alloh taolo Odam alayhissalomga: Oʻz zurriyotingdan doʻzaxga yuboriladiganlarni chaqir. Mingtadan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiztasini, deganida, boʻladi. Oʻshanda har bir goʻdakning sochiga oq tushadi».