فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَـٰهُ أَخْذًا وَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo`ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.Бас, Фиръавн Расулга осий бўлди ва Биз уни шиддатли азоб билан тутдик.Alauddin Mansour: (Oʻshanda) Firʼavn (Muso) Paygʻambarga itoatsizlik qilgach, Biz uni qattiq ushlash bilan ushladik (yaʼni, dengizga gʻarq qilib yubordik).(Ўшанда) Фиръавн (Мусо) Пайғамбарга итоатсизлик қилгач, Биз уни қаттиқ ушлаш билан ушладик (яъни, денгизга ғарқ қилиб юбордик).
Yaʼni, Firʼavn Rasulni–Musoni yolgʻonchiga chiqardi, unga iymon keltirmadi va unga isyon qildi. Shuning uchun, uni shiddatli ravishda halok qildik.
Bundan keyin ham kim oʻzini Firʼavndek tutib, Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarib, unga iymon keltirmay, osiy boʻlsa, xuddi Firʼavnni halok qilganimizdek, uni ham shiddatli ravishda halok qilamiz.