QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят10

عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ غَيْرُ يَسِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kofirlarga oson emasdir.У кофирларга осон эмасдир.Alauddin Mansour: Kofirlarga oson boʻlmagan (Kundir)!Кофирларга осон бўлмаган (Кундир)!

575-sahifa · 29-juz · 58-hizb575-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَلَى-ga-гаٱلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаغَيْرُemasdirэмасдирيَسِيرٍۢosonосон
TafsirТафсир

Kelasi oyatlarda Alloh taolo mushriklarning koʻzga koʻringan namoyandasi Valid ibn Mugʻiyraga bevosita tahdid qiladi. Bu shaxs Quraysh qabilasining boshliqlaridan va boylaridan boʻlib Paygʻambar alayhissalomga ozor berishda, Qurʼoni Karimga qarshi hujum uyushtirishda yetakchilardan boʻlgan. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom «Haa. Miym. Tanziylul kitabi» oyati tushganda, bu oyatni masjidda oʻqiyotganlarida Valid ibn Mugʻiyra koʻngli erib, oʻz qavmi Bani Maxzum qabilasi oldiga boradi va «Allohga qasamki, men hozirgina Muhammaddan bir kalom eshitdim, u basharning kalomi emas, u jinning kalomi ham emas, bu kalomning oʻzgacha halovati bor, bu kalomning oʻzgacha taʼsiri bor, albatta, uning usti samarali, osti barakali, albatta, u ustun keladi va hech narsa undan ustun boʻla olmaydi», deb aytdi. Soʻngra uyiga qarab ketdi. Quraysh qabilasi aʼzolari, Allohga qasamki, Valid dindan chiqibdi, Qurayshning barchasi ham dindan chiqadi, endi», dedilar.

Shunda Abu Jahl oʻrnidan turdi va:

«Uni menga qoʻyib qoʻyinglar, oʻzim eplayman», dedi. Validning oldiga borib, xafa holda oʻtirdi. Valid uni koʻrib:

«Nega xafa koʻrinasan?»–dedi.

«Men xafa boʻlmay kim xafa boʻlsin, –dedi Abu Jahl mugʻombirlik bilan.–Quraysh qabilasi senga yordamga nafaqa yigʻyapti. Ularning fikricha, sen Muhammadning kalomiga tan beribsan va Muhammad va Abu Bakrning ortidan qolgan taomlarini soʻramoqchi boʻlayotgan ekansan.» Validning achchigʻi chiqdi va:

«Mening molim va farzandim hammadan koʻp ekanini bilmaysanmi, nima, Muhammad va uning sheriklarining qorni toʻyib qolibdimiki, ulardan ovqat ortib qolsa», dedi. Soʻng oʻrnidan turib Abu Jahl bilan birga qabilasi aʼzolari oʻtirgan joyga keldi va:

«Muhammadni jinni deyapsizlar, uning jinnilik qilganini hech koʻrganmisizlar?»–dedi.

«Xudo haqqi, koʻrganimiz yoʻq», dedi qabila aʼzolari.

«Uni shoir demoqchisizlar, biror marta sheʼr aytganini bilasizlarmi oʻzi?»–dedi.

«Xudo haqqi, bilmaymiz», dedilar.

«Uni yolgʻonchi demoqchisizlar, biror marta yolgʻon gapirganini bilasizlarmi oʻzi?»–dedi.

«Xudo haqqi, bilmaymiz», dedilar.

Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlishlaridan avval rostgoʻyliklari uchun «amin» degan nom olgan edilar. Quraysh qabilasi aʼzolari Valid ibn Mugʻiyraga:

«Nima deylik, boʻlmasa?»–dedilar.

Valid oʻylanib qoldi, oʻzicha oʻlchab-bichdi-da:

«Qurʼon taʼsirchan sehrdan oʻzga hech narsa emas», dedi.

Shunda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi: