QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят11

ذَرْنِى وَمَنْ خَلَقْتُ وَحِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Meni O`zim yakka yaratgan kishi bilan qo`yib qo`y.Мени Ўзим якка яратган киши билан қўйиб қўй.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Men soʻqqabosh holida yaratgan kimsani Oʻzimga qoʻyib bering!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Мен сўққабош ҳолида яратган кимсани Ўзимга қўйиб беринг!

575-sahifa · 29-juz · 58-hizb575-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَرْنِىMeni qoʻyib qoʻyМени қўйиб қўйوَمَنْva kimsa bilanва кимса биланخَلَقْتُOʻzim yaratganЎзим яратганوَحِيدًۭاyakka (holda)якка (ҳолда)
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, Oʻzim yaratgan anovi badbaxtni Oʻzimga qoʻyib qoʻy, Men uni onasining qornida molu dunyosiz, bola-chaqasiz, kuchu quvvatsiz yolgʻiz oʻzini yaratdim.

Mufassirlarimizning aniqlashlaricha, ushbu oyatda koʻzda tutilayotgan nobakorlar namoyandasi Valid ibn Mugʻiyra Quraysh kattakonlaridan boʻlib «yakka» va «Quraysh rayhoni» laqabi olgan edi. Alloh taolo unga koʻplab molu dunyo va farzandlar ato qilgan edi. Alloh taolo uning rizqini keng qilganidan, molu dunyosi daryodek oqib kelar edi. Uning Toifda bir bogʻi boʻlib, mevasi qishin-yozin uzilmas edi. Valid ibn Mugʻiyra Allohning neʼmatlariga shukr qilmadi, kufr keltirdi. Oxiri kelib, ushbu sura tafsiri muqaddimasida aytib oʻtilgan gaplar yuzaga keldi.

Ushbu oyatda va undan keyin keladigan oyatlarda oʻsha nobakor Valid ibn Mugʻiyra misolida unga oʻxshash barcha noshukr kofirlar haqida soʻz yuritiladi.