QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят13

وَبَنِينَ شُهُودًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va hoziru nozir farzandlar ham.Ва ҳозиру нозир фарзандлар ҳам.Alauddin Mansour: va (doimo yonida) hoziru nozir oʻgʻillarni (ato) qildim.ва (доимо ёнида) ҳозиру нозир ўғилларни (ато) қилдим.

575-sahifa · 29-juz · 58-hizb575-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبَنِينَva farzandlarва фарзандларشُهُودًۭاhoziru nozirҳозиру нозир
TafsirТафсир

Alloh taolo Valid ibn Mugʻiyraga koʻplab molu-dunyo: tuyalar, otlar, qoʻylar, goʻzal bogʻlar va boshqalarni bergan edi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning aytishlaricha, uning molu dunyosi Makkadan Toifgacha choʻzilgan edi. Alloh taolo unga yana: «hoziru nozir farzandlar ham» berib qoʻydim,demoqda. Valid ibn Mugʻiyraning oʻnta oʻgʻli boʻlib, u qayerga borsa, birga borishar edi. U esa, oʻz oʻgʻillari bilan faxrlanib yurar edi. Oʻgʻillaridan qoʻrqib, hech kim unga biror narsa deya olmas edi.