لَوَّاحَةٌ لِّلْبَشَرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U terini ko`p kuydiruvchidir.У терини кўп куйдирувчидир.Alauddin Mansour: (U besh yuz yillik masofadan) insonlarga yaqqol koʻrinib turguvchidir.(У беш юз йиллик масофадан) инсонларга яққол кўриниб тургувчидир.
Yaʼni, «Saqar» doʻzaxi oʻziga tushgan odamlarning terilarini qattiq kuydirib, jizgʻanak qilib, qoraytirib tashlovchidir. Shunda «bashar» soʻzi bashara–teri maʼnosida boʻladi.
Oyati karimaning ikkinchi maʼnosi ham bor. Unda «lavvaahatul» basharga «boʻrtib koʻrinuvchi» maʼnosida boʻladi.
Shunda saqar «doʻzaxiy odamlarga uzoqdan boʻrtib koʻrinib turuvchi», degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi rivoyatlarda, saqar besh yuz yillik masofadan koʻrinib turadi, uni, qayerda ekan deb, izlashning, boʻyin choʻzib qarashning hojati yoʻq, deyilgan.
Ushbu maʼnolar bir-birini toʻldirib keladi, desak maʼno yana ham toʻliq boʻladi.