QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят37

لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlardan peshqadam bo`lishni yoki ortda qolishni xohlayotgan kimsalar uchundir.Сизлардан пешқадам бўлишни ёки ортда қолишни хоҳлаётган кимсалар учундир.Alauddin Mansour: — Sizlarning orangizda (yaxshilik va toat-ibodat tomonga) ilgarilayotgan yoki (kufru isyon tomoniga) chekinayotgan kishilar uchun (ogohlantirguvchi boʻlgan choʻng balolardan biridir).— Сизларнинг орангизда (яхшилик ва тоат-ибодат томонга) илгарилаётган ёки (куфру исён томонига) чекинаётган кишилар учун (огоҳлантиргувчи бўлган чўнг балолардан биридир).

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِمَنkimsalar uchunкимсалар учунشَآءَxohlayotganхоҳлаётганمِنكُمْsizlardanсизларданأَن-ni-ниيَتَقَدَّمَpeshqadam boʻlishпешқадам бўлишأَوْyokiёкиيَتَأَخَّرَortda qolishортда қолиш
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha jahannam bashariyatga, jumladan, sizlarning ichingizda ilgarilab, peshqadam boʻlib, yaxshilik, iymon, Islomga intilayotganlar uchun ham va ortga qaytib, yomonlik, kufr, fisqu fasodga chekinayotganlar uchun ham eslatmadir.