QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят44

وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ ٱلْمِسْكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va miskinlarga taom bermagan edik.Ва мискинларга таом бермаган эдик.Alauddin Mansour: Miskin-bechoraga taom berguvchi ham boʻlmadik.Мискин-бечорага таом бергувчи ҳам бўлмадик.

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمْva emasва эмасنَكُedikэдикنُطْعِمُtaom berarтаом берарٱلْمِسْكِينَmiskinlargaмискинларга
TafsirТафсир

Bu sifat ham iymonsizlik alomatlaridandir. Miskinlarga taom berish iymondan boʻlib, oʻz sohibini Allohning azobidan saqlaydi. Tabiiyki, taomga kiyim-kechak va uy-joy ham qoʻshiladi. Miskinga taom bermaslik barcha razilliklarga ham boradigan qilib qoʻyadi. Shu bilan birga, miskinlarni jamiyatga, qorni toʻqlarga qarshi ham qilib qoʻyadi.

Shuning uchun ham, miskinlarning farovon turmush kechirishlariga hissa qoʻshmagan odam doʻzaxiylikka sazovor, gunohkor hisoblanadi.