بَلِ ٱلْإِنسَـٰنُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ بَصِيرَةٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ha, inson o`z nafsiga qarshi o`zi shohiddir.Ҳа, инсон ўз нафсига қарши ўзи шоҳиддир.Alauddin Mansour: Balki (U Kunda) inson(ning barcha aʼzolari) oʻzining ziyoniga guvohlik berguvchidir!Балки (У Кунда) инсон(нинг барча аъзолари) ўзининг зиёнига гувоҳлик бергувчидир!
Insonga qiyomat kuni bu dunyoda qilgan gunoh ishlarining xabari berilganda, uzr aytib, gunohlarini boʻyniga olmay, tonishga urinadi. Shunda uning aʼzolari unga qarshi guvohlik bera boshlaydi. Koʻzi: falon vaqtda men bilan harom narsani koʻrgan eding-ku, endi tonasanmi, deydi. Qoʻli: men bilan falon gunohni qilgan eding, deydi. Oyogʻi: men bilan gunoh ishlarga yurib borgansan, shunga guvohlik beraman, deydi va hokazo boshqa aʼzolari ham. «Ha, inson oʻz nafsiga qarshi oʻzi shohiddir» degan oyatdan maqsad shu.
Avvalgi oyatlarda kofirlarning qiyomatga ishonmasliklarining sababi fisqu fujurda bardavom boʻlishlik, Allohning farmonlaridan qochish ekani bayon qilindi. Keyingi oyatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ilohiy kalomni qanday qabul qilib olish kerakligi bayon qilinadi.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Qurʼoni Karim oyatlari ilk bor tushish davrida Jabroil farishta alayhissalomdan oyatlarni shoshilib qabul qilib olardilar. Unutib qoʻyishdan qoʻrqib, farishtaga qoʻshilib lablarini qimirlatib oʻqib turardilar. Chunki, bu u kishi uchun kutilmagan taʼlim edi. Har bir harfni qaytarib, oʻrnidan chiqarib talaffuz etish lozim edi. Shuning uchun ham, yuqoridagi holatga tushardilar. Islom dushmanlari aytganidek Muhammad sollallohu alayhi vasallam Qurʼonni oʻzlari taʼlif qilgan boʻlsalar, hech qachon mazkur holatga tushmasdilar.
Shunday qilib, Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga Qurʼon oyatlarini qanday holda qabul qilib olishni oʻrgatganligining tafsiriga oʻtamiz.
Ey Paygʻambar!