يُنَبَّؤُا۟ ٱلْإِنسَـٰنُ يَوْمَئِذٍۭ بِمَا قَدَّمَ وَأَخَّرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda insonga avvalu oxir qilgan ishlarining xabari beriladir.У кунда инсонга аввалу охир қилган ишларининг хабари бериладир.Alauddin Mansour: U Kunda insonga (hayoti-dunyodalik chogʻida) qilib oʻtgan va (oʻzidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (yaʼni, yaxshi-yomon amallarning) xabari berilur.У Кунда инсонга (ҳаёти-дунёдалик чоғида) қилиб ўтган ва (ўзидан кейин) қолдирган (барча) нарсаларнинг (яъни, яхши-ёмон амалларнинг) хабари берилур.
Bu dunyoda har bir insonning qilayotgan kattayu kichik ishlarini farishtalar tark qilmasdan yozib borishadi. Qiyomat kunida esa, oʻsha yozuvlar asosida har bir insonga oʻzi qilgan ishlari haqida xabar beriladi va hisob-kitob qilinadi. Yaxshi ishlari koʻp boʻlsa, jannatga, yomon ishlari koʻp boʻlsa, doʻzaxga kiritiladi.