فَإِذَا قَرَأْنَـٰهُ فَٱتَّبِعْ قُرْءَانَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni o`qisak, qiroatiga zehn solib tur.Бас, Биз уни ўқисак, қироатига зеҳн солиб тур.Alauddin Mansour: Bas, qachon Biz (yaʼni, Jabroil farishta) uni (yaʼni, har bir vahiyni) oʻqib bitganimizdan soʻnggina siz ham uni oʻqishga ergashing!Бас, қачон Биз (яъни, Жаброил фаришта) уни (яъни, ҳар бир ваҳийни) ўқиб битганимиздан сўнггина сиз ҳам уни ўқишга эргашинг!
Yaʼni, senga tushunish qiyin boʻlgan joyini, hukmlarini, maʼnolarini bayon qilib berish ham Bizning zimmamizda.
Hazrati Abdulloh ibn Abbos ushbu oyatlar maʼnosida quyidagilarni aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushayotgan oyatlarda ogʻirlik sezar edilar. Biror narsani oʻtkazib yubormasdan yodlab olish maqsadida u bilan tillari va ikki lablarini qimirlatib turar edilar. Shunda Alloh ushbu oyatlarni nozil qildi. Ana shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon huzurlariga Jabroil alayhissalom kelsalar, boshlarini quyi solib, jim tinglaydigan boʻldilar. Bas, qachon Jabroil ketsalar, Alloh qandoq vaʼda qilgan boʻlsa, oʻshandoq oʻqir edilar.
Alloma Ismoil ibn Kasir xuddi shu oyatlar tafsirida quyidagilarni yozadilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Qurʼonni qabul qilib olishga shoshilar edilar. Farishtaning qiroatidan oldinga oʻtib ketib qolardilar. Shunda Alloh azza va jalla u zotni tinchlanishga amr etdi. Uni qalblarida jamlab berishning, bayon qilib berishning, ochiqlab berishning kafolatini oldi. Birinchi holat uni qalblarida jamlash. Ikkinchi holat tilovati. Uchinchi holat tafsiri va maʼnosini izoh qilish».
Qurʼon yana qiyomatni inkor qiluvchilarni ogohlantirishga oʻtadi: