كَلَّا بَلْ تُحِبُّونَ ٱلْعَاجِلَةَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi ko`rasizlar.Йўқ! Балки сизлар шошар дунёни яхши кўрасизлар.Alauddin Mansour: Yoʻq, (ey Makka mushriklari, sizlar gumon qilgandek qayta tirilish va hisob-kitob yoʻq narsalar emasdir)! Balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi koʻrursizlar.Йўқ, (эй Макка мушриклари, сизлар гумон қилгандек қайта тирилиш ва ҳисоб-китоб йўқ нарсалар эмасдир)! Балки сизлар нақд (дунё)ни яхши кўрурсизлар.
Yaʼni, ey mushriklar, kofirlar, ish siz gumon qilayotgandek emas! Yoʻq! Qayta tirilish, hisob-kitob va jazo boʻlmay qolmaydi, albatta boʻladi. Sizlarning nohaq gumonga borib, qayta tirilish, hisob-kitob va jazoni inkor qilishingizning bosh sababi:
«...sizlar shoshar dunyoni yaxshi koʻrasizlar».