QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qiyamah surasi · Oyatсураси · Оят23

إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z Robbisiga nazar soluvchilar.Ўз Роббисига назар солувчилар.Alauddin Mansour: Parvardigorlariga boqib turguvchidir!Парвардигорларига боқиб тургувчидир!

578-sahifa · 29-juz · 58-hizb578-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَىٰ-ga (tomon)-га (томон)رَبِّهَاRobbisiРоббисиنَاظِرَةٌۭnazar soluvchilarназар солувчилар
TafsirТафсир

Bu, moʻminlar holatining bayonidir. Yaʼni, ular qiyomat kunida baxtga erishganlari yuzlaridan balqib turgan sevinchdan bilinadi va ular oʻsha kunning eng oliy maqomiga–Allohning, oʻz Robbilarining jamolini koʻrishga muyassar boʻladilar.

Ahli jannat uchun eng oliy neʼmat Alloh taoloning jamolini hijobsiz koʻrishdir. Ana oʻsha buyuk neʼmatning haqiqatan boʻlishiga ushbu oyati karima dalildir. Ahli sunna va jamoa mazhabining aqiydasi shudir. Bu maʼno boshqa oyatlarda va bir qancha hadisi shariflarda ham oʻz ifodasini topgandir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, sizlar oʻz Robbingizni xuddi manavi oyni koʻrayotganingizdek, ayon koʻrursizlar»,– deganlar.

Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda esa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, jumladan: «Bas, hijob ochilur, ularga Robbilari taboraka va taologa nazar solishdek mahbub hech bir narsa berilmagandir»,– deganlar.

Alloh bizlarni ham koʻpchilik qatori Oʻz jamoliga nazar solishga nasib aylasin!

Keyingi oyatlarda esa, tamoman teskari holat vasf etiladi.