وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍۭ بَاسِرَةٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u kunda tirishib-burishgan yuzlar ham bor.Ва у кунда тиришиб-буришган юзлар ҳам бор.Alauddin Mansour: Va u Kunda (kofirlarning) yuzlari burishib,Ва у Кунда (кофирларнинг) юзлари буришиб,
Bu, kofirlarning holatidir. Chunki, qiyomat kunida ogʻir, mudhish ahvolda qolganlari ularning ham yuzlaridan yaqqol koʻrinib turadi. Va ular oʻzlariga ulkan azob kelishiga ishonib boʻlganlar. Bu ulkan azobni Qurʼoni Karim umurtqa pogʻonasini sindiradigan ogʻir zarbaga oʻxshatmoqda.
Yuqorida bu dunyoni oxiratdan ustun qoʻyganlar, ularning oxiratni unutish sabablari bayon qilindi. Endi esa, ularga oʻzlarini oʻnglab olishlariga eslatma qilib, oʻlimning zikri, oʻlim oldidagi jon berish holatining bayoni keltiriladi.