إِلَىٰ رَبِّكَ يَوْمَئِذٍ ٱلْمَسَاقُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda haydab borish joyi Robbing huzuridadir.У кунда ҳайдаб бориш жойи Роббинг ҳузуридадир.Alauddin Mansour: — ana oʻsha kunda yolgʻiz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!— ана ўша кунда ёлғиз Парвардигорингиз (ҳузури)га ҳайдалиш бордир!
Bu oyatlar jon chiqish holatidagi insonni tasvirlayapti. Yaʼni, joni halqumiga kelib qolganda, uni hayotda olib qolish uchun barcha chora koʻriladi. Kim qutqararkin, deb iltijo qilinadi. Lekin iloji boʻlmay, firoq vaqti kelganiga ishonch hosil boʻladi. Jon chiqqanda esa, oyoqlar jonsiz boʻlib bir-biriga chalmashadi Oʻz yaqinlari, ota-onasi, aka-ukasi, birodari jon berayotganida boshida turib jon berish holatini, jon achchigʻini koʻrsa-da, hanuz qiyomat kuniga ishonmovchilar holini quyidagi oyatlar vasf qilinadi.