مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۖ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلَا زَمْهَرِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U yerda so`rilarda suyangan holdalar. U yerda quyoshni ham, sovuqni ham ko`rmaslar.У ерда сўриларда суянган ҳолдалар. У ерда қуёшни ҳам, совуқни ҳам кўрмаслар.Alauddin Mansour: Ular u joyda soʻrilarga yastangan hollarida oʻtirurlar. Ular u joyda quyosh(ning qizigʻi)ni ham, zamharir (qishning sovugʻi)ni ham koʻrmaslar.Улар у жойда сўриларга ястанган ҳолларида ўтирурлар. Улар у жойда қуёш(нинг қизиғи)ни ҳам, замҳарир (қишнинг совуғи)ни ҳам кўрмаслар.
Avvalgi oyatda jannatga kirganlarga beriladigan neʼmatlar, bogʻu rogʻlar, ulardagi turli xil lazzatli mevalar, koʻzni quvontiradigan ajoyib manzaralar hamda abror bandalar kiyadigan harir liboslar zikr qilingan edi. Bu oyatda jannatga kirganlar rohatfarogʻatining vasfi davom etmoqda. Ularning ajoyib soʻrilarda yonboshlab orom olishlari va jannatda ularga ozor beradigan issigʻu sovuqning yoʻqligi vasf qilinyapti.